Manchester derbisidan so'ng MYU muxlisi "Siti" futbolchisi yuziga shapaloq tushirdi
07 apr 21:16
Yangiliklar


Manchester derbisidan so'ng MYU muxlisi "Siti" futbolchisi yuziga shapaloq tushirdi
APLning 31-turi doirasidagi o'yin 6 aprel kuni "Old Trafford"da bo'lib o'tdi va 0:0 hisobida yakunlandi.
Daily Mail nashri xabar berishicha, o'yin tugaganidan so'ng Grilish maydondan chiqib ketayotgan paytda "Manchester Yunayted" muxlislaridan biri 29 yoshli angliyalik futbolchini chaqirib olgan. Tunnel atrofidagi tortishuv paytida muxlis Jekka shapaloq tushirgan.
Ushbu voqeadan avval, o'yin davomida MYU muxlislari "Siti" yarim himoyachisi Fil Foden va uning onasi haqida haqoratli baqiriqlar aytishgan. Ular fohishani anglatuvchi so'zni ishlatishgan.
"20 yoshli Alfi Xolt hujumda ayblanmoqda. U Manchester sudi oldida javob beradi. Ayblov kecha "Old Trafford"da sodir bo'lgan hodisa bilan bog'liq", — dedi Manchester policiyasi vakili.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar