Manba: Pogba "Real"ga o'tishni istamoqda

Aslanov Jasurbek
7 sen 2021, 12:40
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba 2022 yilda jamoani tark etishi mumkin.

"Defensa Central" nashrining yozishicha, francuz futbolchisi Madridning "Real" klubi a'zosiga aylanish niyatida. Qayd etilishicha, Pogba "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini 2022 yilning yozida uzaytirmaydi. 

Yarim himoyachi joriy mavsumda Premer-ligada 3ta o'yin o'tkazdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Defensa Central