Manba: Mbappe "Real"ga o'tadi
10 avg 2021 20:47
Yangiliklar
Manba: Mbappe "Real"ga o'tadi
Franciya terma jamoasi hamda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real Madrid"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Karlos Karpioning xabar berishicha, Messi PSJga kelgach madridliklar parijliklardan qo'ng'iroq kutmoqda.
Agar Franciya klubi "qaymoqranglilar" bilan aloqaga chiqmasa, Kilian yanvarda "Real" bilan shartnoma tuzadi va keyingi yozda "Real"ga bepul o'tadi.
Oldinroq PSJ Messini xarid qilsa, Mbappeni olib qololmasligi aytilgandi.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, "qirollik klubi" 2022 yilni kutib o'tirmaydi va ushbu yozning o'zida Mbappe yoki Xolandni qo'lga kiritadi.
Klub katta shartnoma taklif etishga va "galaktiko" (yulduz)ni o'z safiga qo'shib olishga shay.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar