Manba: "Lester" himoyachisi "CHelsi" bilan shartnoma imzoladi
23 avg 2020 01:06
Yangiliklar
Manba: "Lester" himoyachisi "CHelsi" bilan shartnoma imzoladi
"Lester Siti" himoyachisi Benjamin CHilvel Londonning "CHelsi" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, deya xabar qildi jurnalist Nikolo Skira.
Oldinroq Britaniya OAVlari mazkur transfer 55 mln evroga baholanishini xabar qilgan edi.
Benjamin CHilvel — "Lester" tarbiyalanuvchisi. U 2015 yildan beri asosiy jamoa sharafini himoya qilib keladi (2015/2016 yilgi mavsumni "Xaddersfild Taun"da ijarada o'tkazgan). Premer-liganing oxirgi mavsumida 27 o'yin o'tkazgan himoyachi 3 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan, 3 marta sariq kartochka bilan jazolangan.
Fikrlar