So’nggi yangiliklar

07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  0 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  26 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  12 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1

"Mana shu kalbosh - mening dushmanim". Gvardioladan nafratlanadigan top-5 futbolchi Yangiliklar

"Mana shu kalbosh - mening dushmanim". Gvardioladan nafratlanadigan top-5 futbolchi

Teglar :  Xosep Gvardiola
Angliya Premer-ligasi yakunlandi. Unda "Manchester Siti" chempionlikka erishdi.

O'tgan mavsumda jamoani qabul qilib olgan Pep Gvardiola "Manchester Siti"da yangilarni kashf qildi va jamoani "mashina"ga aylantira oldi.

Biroq barcha top-murabbiylar kabi uning falsafasiga mos kelmagan top-futbolchilar ham uchrab turdi.

Misol uchun...

5. DANTE

Dante va Jerom Boateng bir vaqtlar dunyodagi eng yaxshi himoya tandemlaridan biri bo'lib turgandi. Ular birgalikda Bundesliganing bir mavsumida 15 gol kirita olishdi. Jamoa bir vaqtlar Yupp Xaynkess qo'l ostida ECHL bosh sovrini qo'lga kiritib, trebl qayd etganida, g'alabalarda ushbu tandemning roli katta bo'ldi.

Ammo Pep jamoaga borganidan keyin, Danteni "Bavariya"dan ketkazib yubordi. Sabab bormi? Ispaniyalik murabbiy Dantening ilk o'yindagi kichik xatosini eslatdi va o'z maqsadiga erishdi.

"U biz bilan ko'p ham gaplashmaydi. U biz haqimizda nimalar o'ylayotganini bilib bo'lmaydi. Dunyoda taktik daho murabbiylar ko'p, ayrimlari inson emas va Gvardiola shular toifasidan", - degandi o'shanda Dante.

4. ALEKSANDR GLEB

Gvardiola "Barselona"ga borganidan keyin birinchilardan bo'lib Gleb bilan shartnoma imzolagan. Biroq 2009 yilgi mavsumning yarmiga qadar undan kamdan kam foydalangan. Gleb esa zaxirada "chirishni" istamagan.

"Tez-tez Gvardiola bilan urushib turardim. Uni eshitgim kelmasdi, u menga ispan tilini o'rganishim kerakligini xohlardi, biroq men buni istamasdim.

Pep va men har doim baqirib gaplashardik. U mendan nimanidir kutsa, buni qilishni xohlamasdim va bolalar kabi "yo'q" deb javob berardim. Keyinchalik uning gaplariga umuman etibor bermay qo'ydim", - deydi futbolchi.

3. YAYA TURE

Ture "Olimpiakos"da dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'la oldi. SHu boisdan "Barselona" uni sotib oldi va oradan bir yil o'tib, jamoa boshqaruvini Pep Gvardiola o'z qo'liga oldi. U Turedan ko'ra, Serxio Busketsni afzal ko'rdi.

SHu orqali ivuarlik iqtidor maydonda kamroq ko'rinish bera boshladi. Nihoyat u "Manchester Siti"ga ko'chib o'tdi. Ture Pep tomonidan asosiy tarkibdan "haydalgan" futbolchi sifatida "Barselona"ni tark etdi. Ketish oldidan u Gvardiola shaniga nomaqbul gaplarni aytdi.

Oradan 6 yil o'tib, Gvardiola Tureni "izlab" "Siti"ga bordi.

2. SAMUEL ETO'O

Samuel o'z vaqtining eng mashhur futbolchilaridan biri. U muxlislarga Gvardiolani yoqtirmasligini ko'rsatgandi.

Asosiy tarkibning muhim futbolchilaridan biri bo'lishiga qaramasdan, Eto'O jamoadan ketishni istadi.

Gvardiola "Barselona"da debyut mavsumini o'tkazganidan keyin Eto'O "Inter"ga o'tib ketdi.

"Inter"da o'ynaganimda uning jamoasi bilan to'qnash keldim. O'yin boshlanishidan oldin u meni ko'rdi, biroq salomlashmadi. Maydonda esa faqatgina televidenie uchun qo'l siqishdi", - dedi Eto'O.

Kataloniyalik murabbiy o'z kitobida malum qilishicha: "Eto'O "Barselona"ning eng kerakli futbolchisi edi. Biroq ayrim vaqtlarda u kiyinish xonasida maqtovga sazovor futbolchi emasligini ko'rsatdi va jamoa uchun kerak emasdek his qildi o'zini. Agarda u Etodino deb atalganida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritardi. Gvardiola va Eto'O o'zaro kelisha olishmadi va bir tomon jamoadan ketdi".

1. ZLATAN IBRAGIMOVICH

"Gvardiola menga qaraganida undan ko'zimni olib qochdim. O'ylardim: "Mening dushmanim bor, u yonimdagi kalbosh". Unga baqirdim: "Sen to'p emasmisan?", ko'rinishidan uning miyasida yomon xayolotlar bor edi va menga shunday dedi: "Joze Mourino kabi ko'p gapiryapsan. Sen jahannamga borasan". SHveciyalik futbolchi va Pep Gvardiola orasidagi munosabatlar qanday bo'lganini ochib berildi nazarimda.

"Barselona" shartnoma imzolagan vaqtlarida Zlatanda to'purarlik qobiliyati kuchli edi. Biroq Kataloniya klubi bosh murabbiyi Zlatandan ko'ra Messini afzal bildi.

Ibra "Sky Italy" nashriga shunday dedi: "Dastlabki 6 oy har doimgidek o'tdi, biroq shundan keyin murabbiy taktikasini o'zgartirdi va mening zararimga qarorlar chiqara boshladi. U bilan suhbatlashishga bordim, biroq u buni istamadi.

Uzoq vaqt zaxirada o'tirdim, unga ko'p gapirishni istamay, o'zimga imkoniyat berilishini kutdim. Biroq ketma ket uch o'yinda maydonga tushmadim. Boshida u borasida shunday o'yladim: "U yomon inson emas, shunchaki ayrim muammolarini to'g'rilamoqda". Mana to'rtinchi bahsda ham zaxiradaman. O'yin boshlanishini kutdim, o'yin boshlangan zahotiyoq kiyinish xonasiga kirib, kiyimlarimni o'zgartirib, uyimga ketdim", - dedi Zlatan.

O'sha vaqtlarda "Barselona" vice-prezidenti bo'lgan Karles Vilyarubi bu borada shunday fikrda bo'ldi: "Zlatan xalqning oldida Gvardiolaga engilganini tan oldi".

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика