So’nggi yangiliklar

11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  1 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  0 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  2 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  16 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  9 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  8

"Man Yunayted" mehmonxona tomida shou uyushtirdi! Mahalliy insonlar xursand bo'lishdi va hatto o'zlarinikiga qarshi muxlislik qilishdi Yangiliklar

"Man Yunayted" mehmonxona tomida shou uyushtirdi! Mahalliy insonlar xursand bo'lishdi va hatto o'zlarinikiga qarshi muxlislik qilishdi

Kishinyovdagi ajiotaj aqlbovarqilmas darajada bo'ldi.

Moldaviyaga top-klublarning kelishi odatiy ko'rinish olmoqda. Tiraspolga o'tgan yili "SHaxtyor", "Inter" va "Real" kelgandi, endi esa "Manchester Yunayted". UEFA mintaqadagi keskin vaziyat tufayli o'yinni Pridenstroveda o'tkazmaslikka qaror qildi, bahs "SHerif"ning chempionlikdagi asosiy raqiblaridan biri bo'lgan Kishinyovning "Zimbru" stadionida bo'lib o'tdi.



MYU britaniyalik muxlislarga salat emaslikni maslahat berdi va hojatxonalar haqida ogohlantirdi


CHiptalar chiqqan va uning bir qismi sotilgan Moldova futbol federaciyasi rasmiy sayti o'yinga kirishni xohlovchilarning katta oqimiga duch keldi. Ikki soat ichida 100000ta tashrif va har soniyada 800ta chipta sotib olishga urinish — rasmiy sahifaga kirish tiklanganidan keyin federaciya tizimidagi mutaxassislar ushbu statistik malumotlarni taqdim etishdi.


Uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishda mehmonlarda ham qiyinchiliklar bo'ldi. Ananaga ko'ra, Britaniya klublari mehmonga yo'l olayotgan o'z muxlislariga batafsil ko'rsatmalar tayyorlaydi. 8 sahifalik qo'llanmadan ko'plab foydali malumotlarni topish mumkin edi, ammo g'alati narsalar ham yo'q emasdi. Moldovada negadir ikkinchi til sifatida rus emas, gagauz tili ko'rsatilgan. Agrar mamlakatda negadir "salatlar eyish tavsiya etilmaydi", "yo'lda yuradigan insonlar esa qoidalarga rioya qilmaydilar". SHuningdek, stadiondagi hojatxonalar haqida o'qish ham ajoyib edi. Ular "Biz Britaniyada o'rganganimizdek emas, oddiy uslubda — pol darajasida, o'tirishsiz".


Manchesterdan charter Moldaviya poytaxtidagi aeroportga o'yinga bir sutka qolganda keldi va Kishinyov havo bandargohida 250 nafarga yaqin muxlis kelganiga qaramay, atigi ikki futbolchi o'z muxlislari bilan qo'l siltab salomlashdi. Krishtianu Ronaldu ham aksariyat futbolchilar singari darhol avtobusga chiqdi. O'rnatilgan to'siqlar tufayli muxlislar o'yinchilar bilan suhbatlashishga yoki suratga tushishga muvaffaq bo'lmadi.



Qizig'i, jamoa darhol mehmonxonaga yo'l oldi va nafaqat kechki mashg'ulotlarni, balki o'yin kungi mashg'ulotlarni ham rad etdi. Buning o'rniga, mehmonlar ertalab mehmonxona tomida kichik mashg'ulot (qizish mashqlari) o'tkazishdi! Savdo markaziga yaqin bo'lgani uchun mashg'ulotlar muxlislar uchun ochiq bo'ldi, odamlar savdo markazi oynasi orqali top-o'yinchilarni kuzatishdi.


Uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsak, u nisbatan teng kurashlar ostida o'tdi. To'pga egalik qilish, darvoza tomon yo'llangan zarbalar va boshqa ko'rsatkichlar bobida jamoalar o'rtasida katta farq yo'q edi, ammo yakunda "Manchester Yunayted" g'alaba qozondi. Ikkala gol ham birinchi bo'limda urildi. 17-daqiqada himoyadagi xatodan so'ng Sancho gol urdi, tanaffusga olti daqiqa qolganda Ronaldu 11 metrlik nuqtadan gol urdi. Bu portugaliyalik uchun mavsumdagi birinchisi edi.



Krishtianuni faqatgina chipta olganlar ko'rishmadi. Stadionga qaratilgan derazalardagi uylar bo'lgan Kishinyov aholisi juda xursand bo'lishdi. Birinchidan, ular yoqtirmaydigan "SHerif" mag'lub bo'ldi. Ikkinchidan, ular kumirlarini ko'rishdi. Uchinchidan esa pul sarflashga to'g'ri kelmadi.


Keyingi turda Tiraspol klubi yana Kishinyovda o'zi uchun begona arenada o'ynaydi. Bu safargi raqib parallel o'yinda "Omoniya"dan, oldingi turda MYUda kuchli ekanligini isbotlagan "Real Sosedad". San-Sebastyan jamoasida ochkolar soni 6ta, MYU va "SHerif"da 3ta, kiprliklar esa hozircha ochko qo'lga kiritishmadi.




"SHerif" (Moldova) – "Manchester Yunayted" Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 17 Sancho, 0:2 – 39, penalti Ronaldu.

"SHerif": Koval, Zouri, Radelich, Kiki, Kpozo, Badolo, Kiabu, Diop, Atemven (Mudasiru, 81), Uattara (Pernambuko, 73), Rashid (Felipe Vizeu, 73).

"Manchester Yunayted": De Xea, Diogu Dalot (SHou, 70), Varan, Martines (Maguayr, 90), Malasia, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktomini (Kazemiro, 46), Ronaldu (Elanga, 81), Sancho, Antoni (Garnacho, 90).

Ogohlantirishlar: Kpozo (38), Atemven (63).

FC Sheriff

Europa League Grp. E . 2-tur

15/09/2022, 22:45

2
:
0
Tugadi

Manchester United

Jadon Sancho - 17', Cristiano Ronaldo - 39'

Stadion: Zimbru Stadium, 10400 tomoshabin

45'
90'
38'  Patrick Kpozo
63'  Iyayi Believe Atiemwen
73'  Rasheed Akanbi (Felipe Vizeu)
73'  Abou Ouattara (Pernambuco)
81'  Iyayi Believe Atiemwen (Mudasiru Salifu)
17'  Jadon Sancho
17'  Christian Eriksen
39'  Cristiano Ronaldo
46'  Scott McTominay (Casemiro)
70'  Diogo Dalot (Luke Shaw)
81'  Cristiano Ronaldo (Anthony Elanga)
90'  Antony (Alejandro Garnacho)
90'  Lisandro Martinez (Harry Maguire)



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика