“Man Siti”ni APLga qaytargan taniqli mutaxassis faoliyatini qayta tiklashga yaqin
26 apr 2020 21:45
Yangiliklar


“Man Siti”ni APLga qaytargan taniqli mutaxassis faoliyatini qayta tiklashga yaqin
Angliyalik terma jamoasi sobiq ustozi Kevin Kigan yana murabbiylikka qaytishi kutilmoqda.
Britaniya nashrining manbasiga ko'ra, 69 yoshli mutaxassis o'zining sobiq jamoasi “Nyukasl”da ish boshlashi mumkin. Uning so'nggi ish joyi ham aynan mazkur jamoa bo'lgandi. Kigan 2008 yildan keyin birorta klubda faoliyat ko'rsatmadi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni akciyadorlari “Nyukasl”ni sotib olgan taqdirda Kigan yana “Sent-Jeyms Park”da ish boshlaydi.
Kevin Kigan murabbiy sifatida “Nyukasl” (1993) va “Man Siti”ni (2002) APLga qaytargan. 1996 yil esa u Angliyaning eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko'rilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar