So’nggi yangiliklar

02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  5 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1

"Man Siti" xoldingi va Red Bull "Ufa"ga sarmoya kiritmoqchi Yangiliklar

"Man Siti" xoldingi va Red Bull "Ufa"ga sarmoya kiritmoqchi

Match TV sharhlovchisi Roman Naguchevning aytishicha, "Ufa" xorijiy sarmoya kiritiladigan klubga aylanishi mumkin.

"Mendagi malumotlarga ko'ra, bu klub "Ufa" bo'ladi. SHamil Gazizovda bitta emas, balki birdaniga ikkita juda yaxshi taklif bor.

Ulardan biri Aleksandr Zinchenkoni sotib olganlardir. Ularga klubning futbolchiga bo'lgan munosabati va "Man Siti"dan tushgan taklif maqul kelmoqda. Agar huzuringizga shunday klub kelsa, 4 million o'rniga 10 million so'ragingiz keladi, ammo "Ufa" shartnomaga buni qo'shishga harakat ham qilmadi. To'rtmi, demak, to'rt. SHarqda bu qadrlanadi. Bundan tashqari, Boshqirdiston – neft mintaqasi va bu o'zaro manfaatli hamkorlik uchun juda ko'p imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ikkinchi variant - "Red Bull". "Ufa" bosh direktori aynan shu yo'nalishga og'moqda. Ularning taklif qilayotgan pullari katta emas, biroq istiqboli bor. "RB" o'z sport loyihalaridan voz kechmaydi. U Braziliyada bo'ladimi yo Avstriyami yoki Germaniya, farqi yo'q – buning bari natija ustida ishlash va omma nazarida bo'lish istagidan. "RB Gana" yuqorida aytilganlardan istisno, klub 6 yil oldin g'oyib bo'lgan. Ammo men Rossiyada biznes qilish hali ham osonroq ekanligiga ishonaman.

"Ufa rahbariyati" allaqachon ular bilan bir nechta uchrashuvlar o'tkazgan. Tez orada hammasi hal qilinadi", – deb yozdi Naguchev.

Avvalroq, "Man Siti" xoldingining Rossiyada klub sotib olish istagi borligi haqida xabar berilgandi. City Football Group xolding kompaniyasi tarkibiga 9 klub kiradi. Bular "Manchester Siti"dan tashqari, "Nyu-York Siti" (AQSH), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Mumbay Siti" (Hindiston), "Yokogama F. Marinos" (Yaponiya), "Montevideo Siti Torke" (Urugvay), "Jirona" (Ispaniya), "Sychuan Czyunyu" (Xitoy) va "Lommel" (Belgiya).

Red Bull esa "Leypcig", "Zalcburg", "Nyu-York" va "Brazil" futbol klublarini boshqaradi. SHuningdek, Red Bull xokkey, "Formula-1", motopoyga va boshqa sport turlari bo'yicha o'z jamoalariga ega.


Mutolaa uchun. "Red Bull" marketingi – bu kelajak yoxud "Artel Neftchi", "Ucell Navbahor"...

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика