"Man Siti" "Sporting" himoyachisi Nunu Mendeshga qiziqmoqda, ammo futbolchi uchun 50 mlndan ortiq to'lamoqchi emas
20 iyu 2021 07:28
Yangiliklar
"Man Siti" "Sporting" himoyachisi Nunu Mendeshga qiziqmoqda, ammo futbolchi uchun 50 mlndan ortiq to'lamoqchi emas
Himoyachi Nunu Mendesh "Sporting"dan ketishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchiga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, "shaharliklar" rahbariyati portugaliyaliklar xohlayotgan 50 mln evroni to'lashni xohlashmayapti. "Sporting" vakillari esa 30 million evrolik bitim borasida kelishishni xohlashmayapti.
Himoyachi o'tgan mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar