So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

"Man Siti" - "Lion": Bugun sensaciya ko'ramizmi? (prevyu) Yangiliklar

"Man Siti" - "Lion": Bugun sensaciya ko'ramizmi? (prevyu)

Bugun CHempionlar Ligasi 1/4 finalining so'nggi uchrashuvi o'tkaziladi.

"Lion" o'tgan mavsum CHempionlar Ligasi guruh bosqichida "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lmagandi. "Siti"ni bir o'yinda yutgani va durang o'ynagani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Fakt shuki, "Lion" hali CHLda "shaharliklar"ga engilmagan.

Premer-liga titulini "Liverpul"ga boy bergan Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa katta bosim ostida qolmoqda va ularning fikr-u xayoli CHLni yutishga qaratilgan. Ular bugun qog'ozda favorit, ammo oldinda ularni yaxshigina qiyinchilik kutib turibdi.

"Lion" - "Etixad"da Xosep Gvardiola klubiga birinchi bo'limni o'zida 2 ta gol ura olgan kam sonli jamoalardan biri. Francuzlar "shaharliklar"ga qarshi oldingi o'yinda yaxshi takshkil qilingan o'yini, pressing qo'llashi va futbolchilarning tinimsiz mehnati tufayli 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. O'sha paytda jamoa bosh murabbiyi Bruno Jenezio edi, bu yutuqda uning hissasi katta. G'alaba yo'lida jonini berib o'ynagan futbolchilardan yana ikkitasi, bular Ferlan Mendi va Tangi N'Dombele jamoani tark etishgan.

Yuqoridagi faktlar Rudi Garsiya qo'l ostidagi jamoaning darajasi past va yana bir sensaciya ko'rmaymiz degani emas, albatta. Rudi rahnamoligidagi klub Liga 1 da sobiq murabbiydan ko'ra yaxshiroq natijaga erishdi va CHempionlar Ligasida yanada yaxshiroq o'ynay boshladi.

Ko'proq "Lion" haqida to'xtaldik, chunki Gvardiola va uning jamoasi ortiqcha tariflurga muhtoj emas. Jamoa shu paytga qadar shunchaki super darajasini namoyish etib kelmoqda.

Tarkiblar bo'yicha

"Manchester Siti" tarkibida ortiqcha yo'qotishlar mavjud emas. Benjamen Mendi diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'lgan bo'lsa, Serxio Aguero jarohatidan tiklandi. Britan matbuotiga ko'ra, argentinalik hujumchi "Lion"ga qarshi bahsga to'liq tayyor bo'lmaydi va bugun katta ehtimol bilan "Real"ga qarshi javob o'yinida o'ynagan tarkib maydonga tushiriladi. Kutilayotgan yagona o'zgarish - o'ng qanot hujumida Bernardu Silva o'rniga Riyad Maxrez dastlabki daqiqalardan boshlab maydonda harakatlanishi mumkin.

"Lion" tarkibiga to'xtaladigan bo'lsak, uzoq tanaffusdan keyin jamoa to'purari Mussa Debmele safga qaytdi va Memfis Depay bilan hujumda juftlik hosil qilishi kutilyapti. Rudi Garsiya boshqa ortiqcha muammolarga ega emas. 

Muallif taxmini: Bahs qiziqarli bo'lmaydi deydiganlar adashadi, bugun ajoyib to'qnashuv guvohiga aylanamiz. Sensaciya yuz berish ehtimoli ham yo'q emas.
Umuman olganda, "Manchester Siti" futbolchilarining sport formasi va Gvardiolaning mahoratini inobatga olgan holda "Lion" ishonchli hisobda mag'lub etilsa kerak.

Manchester City

Kevin De Bruyne - 69'

Champions League Final Stage . 1/4-tur

16/08/2020, 01:00

3
:
1
Tugadi

Lyon

Maxwel Cornet - 24', Moussa Dembele - 79', Moussa Dembele - 87'

Stadion: Estadio Jose Alvalade, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
29'  Fernandinho
56'  Fernandinho (Riyad Mahrez)
58'  Rodri
69'  Kevin De Bruyne
69'  Raheem Sterling
84'  Rodri (David Silva)
12'  Leo Dubois
24'  Maxwel Cornet
64'  Marcelo
70'  Bruno Guimaraes (Thiago Mendes)
74'  Leo Dubois (Kenny Tete)
75'  Memphis Depay (Moussa Dembele)
79'  Moussa Dembele
79'  Houssem Aouar
87'  Karl Toko Ekambi (Jeff Reine-Adelaide)
87'  Moussa Dembele

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика