So’nggi yangiliklar

12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  1 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  7 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  4 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  12 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  11 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  70 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6

Mamur Saidqosimov: "Superligada super hakamlar ishlashlari lozim" Yangiliklar

Mamur Saidqosimov: "Superligada super hakamlar ishlashlari lozim"

Hakamlar futbolning ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi.

Biz O'FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimovning fikrlari bilan qiziqdik.

"O'FF rahbariyati hakamlar ishiga jiddiy etibor qaratmoqda. Yangi mavsumdan boshlab Superliga va pro-liga hakamlari bir xil formada ishlashadi. Kuni kecha bu borada O'FF prezidentining shaxsan o'zi tashabbus ko'rsatdi. Bundan tashqari hakamlarda jahon standartlariga mos keluvchi kommunikacion tizim bo'ladi. Bu aloqa vositasi orqali hakamlar o'yin paytida bir birlari bilan fikr almashib tura olishadi, bu esa ularning ishini qulaylashtiradi. Xuddi Jahon chempionati va eng kuchli Evropa milliy chempionatlarida bo'lgani kabi hakamlarimizda maxsus spreylar bo'ladi.


Yana bir katta yangiliklardan biri bu yangi mavsumda bizda ham videotakrorlar bo'lishi mumkin. Faqat hozircha bu rejalashtirilmoqda, hamda qaysi stadionda sharoit bo'lsa zaxira hakami yoniga maxsus tablo qo'yiladi va bahsli vaziyatlar paytida bosh hakam takroriy vaziyatni tomosha qilishi mumkin bo'ladi. Bunday sharoitlar hozirgi kunda "Nasaf", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" stadionlarda bor.


Bundan tashqari 10-20 fevral kunlari bir qator hakamlarimiz Turkiyada bo'lib o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishadi. Xabaringiz bor, Turkiyada Evropaning eng kuchli klublari fevral oyida yig'in o'tkazishadi va nazorat uchrashuvlarini o'tkazishadi. O'zbek hakamlari aynan mana shu bahslarda ishlab o'z tajribalarini oshirib olishadi.

Yana bir muhim masala, bu hakamlarning jazolanishi. Hozirda O'FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasining siyosati hakamlarni jazolash emas ularni tarbiyalashdan iborat. Inson faktori degan narsa bor, hakamlar ham inson ekanini unutmaslik kerak. Ular ham xato qilishadi. Yani hakamlarimiz har bir o'yindan so'ng xatolari haqida nazoratchidan malumot olishadi va o'sha xatolardan xulosa chiqarishadi. Biroq agar qasddan yoki atayin xatolar qilsa, bir jamoaga ochiqchasiga yon bosishlar kuzatilsa o'sha hakam bilan xayrlashamiz.

PFL bosh direktori aytganidek hakamlarning maoshlari keyingi yildan ikki baravar oshiriladi. Bu ham hakamlarga o'yinlarni adolatli boshqarishlari uchun qilingan ishlardan biri.

2018 yildan boshlab oliy ligamiz Superliga deb yuritilar ekan. Demak Superligada super hakamlar ishlashi lozim. Biz bu borada ishlashda davom etamiz", - deydi Mamur Saidqosimov.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика