O'zFHM rahbari: "Hakam finaldan 2 kun oldin Termizdagi o'yinda ishlagani kichkina xatolik bo'ldi. Buni men bo'ynimga olaman"

Sherzod Nurmatov
30 okt 2025, 17:05
O'zbekiston futbol hakamlari markazi direktori vazifasini bajaruvchi Mamur Saidqosimov hakamlar yig'ilishida Nayim Qosimovning Kubok finaliga tayinlangani bo'yicha tushuntirish berdi.

"Xorijlik hakam chaqirish borasida ko'p aytishdi. Bizdagi referilarning saviyasi yuqori. Saudiya Arabistoni chempionatiga ham bizdan chaqirishyapti. Xalqaro maydonda yaxshi baholar olishyapti. Biz o'zimiznikilarga ishonamiz.

Asker Najafaliev Indoneziya chempionatida 4-5 ta hal qiluvchi o'yinlarga borib keldi. Birlashgan Arab Amirliklari tomoni Ilgiz Tantashevni chaqirib yotibdi, Xitoyga allaqachon 3 marta borib keldi.

Nega xorijdan hakamlar chaqirilmadi? Chunki men o'zimizni hakamlarga ishonaman. Bizning hakamlar Osiyoda ko'plab xalqaro o'yinlarni boshqarishdi. Balki keyingi yilda buni o'ylab ko'rarmiz.

Hakam finaldan 2 kun oldin Termizdagi o'yinda ishlagani kichkina xatolik bo'ldi. Buni men bo'ynimga olaman", – dedi Saidqosimov.

Avvalroq "Paxtakor" – "Buxoro" uchrashuvi bosh hakami bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan vaziyatga izoh bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia