Mamadu Sako Franciya klubiga o'tdi
27 iyu 2021 21:39
Yangiliklar
Mamadu Sako Franciya klubiga o'tdi
"Kristal Pelas" himoyachisi Mamadu Sako "Monpele" azosiga aylandi.
31 yoshli futbolchining "Monpele" bilan tuzgan kelishuvi 2 mavsumga mo'ljallangan.
Sako "Pari Sen-Jermen" tarbiyalanuvchisi bo'lib, u Parij jamoasida 2013 yilgacha harakatlangan. SHundan so'ng 19 million evro evaziga "Liveprul"ga o'tgan.
Mamadu 2016 yili doping bilan bog'liq mojaroga aralashib qoldi va shundan keyin ijara asosida "Kristal Pelas"da o'ynadi. "Burgutlar" oradan bir yil o'tib, uni 28,2 million evroga to'liq sotib olishdi.
Malumot uchun, "Monpele" o'tgan mavsumda Franciya chempionatida 54 ochko to'plab, 8-o'rinni band etgan edi.
Fikrlar