So’nggi yangiliklar

09:27ЖЧ U-20. Энг яхшилар аниқланди  0 08:41Н'Голо Канте навбатдаги хайрияга қўл урди  0 08:12Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 07:40"Пахтакор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:08U-20 ЖЧ. Финал баҳсида кутилмаган натижа қайд этилди  8 01:59ЛаЛига. Ньом 36 сонияда қизил олган баҳсда "Реал"дан ғалаба  54 01:43А Серия. "Милан" Пиолининг "Фиорентина"сини мағлуб этиб, пешқадам бўлиб олди  7 01:01Жейми Каррагер: "Ливерпуль" кучлироқ эди. МЮ фақатгина шундай тарзда "Энфилд"да ғалаба қозона олиши мумкин"  10 00:36Рубен Аморим: "Мусиқа танлашда футболчилардан кўра таъбим яхшироқ"  0 00:35​Суперлига. "Нефтчи" - ОКМК 1:0   1 00:17Арне Слот: "Чуқур ҳимояланадиган жамоага қарши ўйнаш доимо қийин"  6 23:47Харри Магуайр: "Ниҳоят "Ливерпуль"ни мағлуб қилдик, бу ёқимли"  3 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Манчестер Юнайтед" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:57Миржалол Қосимов: "Биринчи таймда оддий вазиятдаги хато бизга қимматга тушди"  9 22:45Виталий Левченко: "Биз учун ҳар бир ўйин олти очколи"  5

"Maldiv orollarida mahalliy futbolchilarga 1000 AQSH dollargacha maosh berishadi". Maldivda o'ynagan o'zbekistonlik darvozabon bilan suhbat Yangiliklar

"Maldiv orollarida mahalliy futbolchilarga 1000 AQSH dollargacha maosh berishadi". Maldivda o'ynagan o'zbekistonlik darvozabon bilan suhbat

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi-2023 saralashi doirasida Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Biz Maldiv orollarining “Super Yunayted Sports“ va "Maziya" klublarida faoliyat olib borgan o'zbekistonlik darvozabon Mirzohid Mamatxonov bilan suhbatlashdik. 



- Maldiv chempionatida qancha klub qatnashadi?
- Maldiv chempionatida 8ta jamoa ishtirok etadi. Mavsum dekabr oyida start oladi va taxminan iyul oyigacha davom etadi.

- Maldiv deganda hamma kichkina orolchalarni tushunadi. Futbol klublari ham shunaqa orolchalarda joylashganmi? Agar shunaqa bo'sa, boshqa orolchaga nimada borilardi?

- To'g'ri Maldiv kichkina orolchalardan tashkil topgan. Ammo futbol klublarining barchasi poytaxt Male shahrida joylashgan. Faqat kubok bahslari boshqa orolchalarda o'tkazilardi. Bir oroldan ikkinchisiga kemachalarda borardik. Reja bo'yicha yaqin yillarda tur o'yinlari ham orolchalarda o'tkazilishi kutilmoqda.




- Stadionlar holati va sharoitlari qanday?

- Male shahrida 5ta stadion bor ulardan 3tasi suniy va 2tasi tabiiy maydon. Mashg'ulotlar suniy maydonlarda o'tkaziladi, o'yinlar esa tabiiy maydonlarda.

- Maldivdagi eng katta sig'imga ega stadionga qancha tomoshabin sig'adi?

- Eng katta stadionga 12 mingga yaqin tomoshabin sig'adi. CHempionat o'yinlarning barchasi shu stadionda o'tkaziladi.

- Klublar xususiymi? Mamlakatda futbol qanday moliyalashtiriladi?

- Barcha klublarning 60 foizi byudjetini futbol federaciya moliyalashtiradi, qolgan 40 foizini esa homiylar qoplaydi.




- Klublarda ko'proq qaysi mamlakatdan legionerlar bor edi?

- Men o'ynagan paytda asosan ispaniyalik legionerlar ko'proq edi.

- Maldiv orollari terma jamoasi o'yinini tomosha qilganmisiz, taassurotlar qanday bo'lgan?

- Ha bitta o'yinni stadionning o'zida kuzatdim. Ajoyib muhit va qiziqarli o'yin bo'lgandi. Stadionda bo'sh joy qolmagandi.

- Maldiv orollarida o'ynidigan futbolchilar futboldan tashqari qaysi kasb bilan shug'ullanishadi?

- U erdagi 90 foiz futbolchilarning boshqa kasbi bor. Aniq bitta kasb emas, turli kasblarda ishlashadi.




- Maldiv orollarida futbolchilarga o'rtacha qancha oylik to'lanadi?

- Mahalliy futbolchilarga 300dan 1000 AQSH dollarigacha maosh berishadi. Legionerlarga esa 1000-3000 AQSH dollari atrofida oylik to'lanadi. 300 AQSH dollari bir kishi uchun etarli. Ammo oilali inson uchun etmaydi. Maldivda barcha narsa import qilinadi, chunki o'zi deyarli hech narsa etishtirmaydi. Faqat dengiz mahsulotlari bor xolos.

- Maldivlik futbolchilar nimasi bilan maqtana oladi?

- Italiyalik taniqli futbolchi Franchesko Moreyro ayni paytda Maldiv terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. Ular asosan u bilan maqtanishadi.




Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика