“Malaga” Xose Sosani sotib olishni istamoqda
16 dek 2013 10:07
Yangiliklar


“Malaga” Xose Sosani sotib olishni istamoqda
“Metallist” klubi yarim himoyachisi Xose Sosa, faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
“Malaga” 28 yoshli Argentina terma jamoasi futbolchisini qishki transferlar oynasi mobaynida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ispan klubi direktori Visente Kasadoning so'zlariga ko'ra, Sosani – “Malaga” uchun katta foyda keltirar ekan, deb xabar beradi La Opinión de Málaga.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar alla qachon muzokarani boshlab yuborishgan, ammo yarim himoyachining “Malaga”ga o'tishiga, uning katta maoshi to'sqinlik qilishi mumkin.
Ushbu mavsum Ukraina chempionatining 17 ta o'yinida ishtirok etgan Sosa, 5 ta gol va 4 ta golli to'pi uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar