So’nggi yangiliklar

02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Maksim SHackix: "Paxtakor"da chempionlik ruhi bor" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Paxtakor"da chempionlik ruhi bor"

Superliga 1-turi doirasidagi "Surxon" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Barchaga hayrli kech. Yigitlar bugungi vazifani yaxshi bajarishdi. Ushbu o'yindan avval qilgan rejalarimizning barchasi amalga oshdi. Dastlabki uchrashuvda g'alaba qozonish juda ham muhim edi. Bugun ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik. Uch kundan keyin juda muhim uchrashuvimiz bor. Keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

- Jamoa katta o'zgarishlarga qilmoqda. Tajribali futbolchilar va legionerlar jamoani tark etishdi, ularning o'rni yosh futbolchilar bilan to'ldirildi. Hozirgi tarkibdan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda. Qaysi futbolchilarni jamoaga qo'shib olishni istagan edingiz? SHahsan o'zingiz qanday jamoaga tashkil etgan bo'lardingiz?

- Bosh murabbiyning jamoadan har doim ham ko'ngli to'lmaydi. Biz shunday yo'nalishni tanladik va o'zgarishlar bir kunda ro'y bermaydi. Bunga vaqt kerak. Biz yoshlarga etibor qaratdik. Tarkibni yoshartirish darrov meva bermaydi. Mavsum davomida sekin astalik bilan ularni tarkibga qo'shib boramiz. Rahbariyat oldimizga qo'ygan vazifani bajarishda davom etamiz. Akademiyamiz tarbiyalanuvchilarga ko'proq etibor beramiz. Asosiy maqsadimiz terma jamoalar uchun ko'proq futbolchi etkazib berish.

- Hamrobekov, Sayfiev, Turg'unboev kabi tajribali futbolchilar jamoani tark etishdi. Ularning o'rnini bosa oladigan futbolchilarni topdingizmi?

- Bunday futbolchilarga o'rinbosar topish qiyin masala. Bu albatta katta yo'qotish, ammo futbolchilarning o'zlari shunday qaror qabul qilishdi. Ular jamoa va muhitni o'zgartirishni istashdi. Biz hech kimni majburlab ushlab o'tirmaymiz. Hatto, amaldagi shartnomasi bor futbolchilar bilan ham hayrlashishga tayyormiz, agar ular jamoadagi o'rnidan norozi bo'lishsa. Hamrobekov, Turg'unboev, Sayfievlarning o'rnini bosish juda qiyin va deyarli ilojsiz. Biroq biz yangi futbolchilar bilan ishlashimiz kerak. Kelajakda o'rinbosarlar paydo bo'lishi mumkin, lekin hozirgi vaqtda buning iloji yo'q.

- Diyor Ortiqboev bugun markaziy himoyada o'ynadi. Diyorni keyingi uchrashuvlarda ham markaziy himoyachi poziciyasida ko'rishimiz mumkinmi?

- Ortiqboev bugun yaxshi o'yin o'tkazdi va unga etirozim yo'q. Ortiqboev markaziy himoyachi va tayan yarim himoyachi sifatida yaxshi o'ynay oladi.

- Jamoa yangi mavsumda ham chempionlikni maqsad qilgani aniq. "Paxtakor" nima sababdan o'z raqobatchilarini ortda qoldirib chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin? Agar klub o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erisha olmasa, jamoada qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkin?

- "Paxtakor" har doim chempionlik ruhiga ega bo'lgan jamoa. Jamoa kim kelishidan qatiy nazar jamoada chempionlik ruhi bor. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishning va har doim yaxshi o'yin namoyish etishning iloji yo'q, ammo bu tabiiy hol. Yosh futbolchilarimizda ham chempionlik hissi mavjudligi mashg'ulotlarda sezilmoqda. Raqiblarimiz ham yaxshigina kuchaydi. Vaqt ko'rsatadi, kim qanday natija qayd etishini. Yangi mavsum juda qiziqarli o'tishiga shubham yo'q. 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика