So’nggi yangiliklar

01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"га қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  0 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Суперлига. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  2 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  2 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   32

Maksim SHackix 36 yoshga to'ldi yoxud uning faoliyatiga nazar Yangiliklar

Maksim SHackix 36 yoshga to'ldi yoxud uning faoliyatiga nazar

Bugun O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix 36 yoshga to'ldi. Biz to'purar futbolchining faoliyatiga nazar tashlashga qaror qildik.
1978 yilning 30 avgustida tug'ilgan Maksim SHackix futboldagi ilk qadamlarini "Paxtakor" futbol maktabida tashlagan.

Uning eng gullagan davrlari shubhasiz Kievning "Dinamo" klubida o'tgan. 1999 yil Valeriy Lobanovskiy murabbiyligidagi jamoaga o'tgan Maks ushbu klubda 10 yil o'ynadi. SHu vaqt ichida ikki marta Ukraina chempionati to'purariga aylandi. 1999 yil 28 iyulida SHackix Evropa CHempionlar ligasidagi dastlabki golini "Jalgiris"ga qarshi o'yinda urdi. SHu tariqa, hujumchi ECHLda gol urgan dastlabki osiyolik futbolchi bo'ldi. Undan oldin UEFA bayrog'i ostidagi musobaqalarda Mirjalol Qosimov to'p kiritgandi. CHempionlar ligasida o'tkazgan 9 mavsumi davomida hujumchi 11 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

"Dinamo" safida Ukraina chempionatida 215ta o'yinda 97ta gol urdi. 2009 yilning 26 mayida Kiev klubi "SHaxtyor"ga qarshi o'ynadi. O'sha o'yin Maksim uchun klub safidagi oxirgi o'yin bo'lib qolishi malum edi. "Dinamo" stadioniga muxlislar hujumchiga atab ajoyib bannerni osishdi. Bannerni tomosha qiling.



Afsuski Kiev jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Syomin uni o'sha bahsda maydonga tushirmagan...

"Muxlislarga katta rahmat! Bu holatda oddiy qarab bo'lmasdi. O'zimni yig'idan zo'rg'a to'xtatdim. Ushbu bannerni esdalik uchun olib qo'ydim", - degandi o'sha uchrashuvdan so'ng SHackix.  

Hamyurtimiz shundan so'ng Qozog'istonning "Lokomotiv" (hozirgi "Astana"), Kievning "Arsenal", Odessaning "CHernomorec" klublarida faoliyat olib bordi. Ayni paytda Ujgorodning "Goverla" klubida o'ynamoqda.

2010 yilning 4 aprelida Arsenal (Kiev) - Metallurg (Zaporoje) (2:0) uchrashuvida qahramonimiz Ukraina chempionatlaridagi o'zining 100-golini urdi. Buning uchun hujumchiga 222 o'yin kerak bo'ldi.

SHu yilning 2 avgustida "Metallurg"ga qarshi safardagi o'yinda SHackix Ukraina chempionatlari tarixidagi o'zining 123-golini urdi va bu boradagi rekordchi Sergey Rebrovga etib oldi. Navbatdagi gol Maksni mutloq rekordchiga aylantiradi.




SHackix 2003 yil Osiyoda yilning eng yaxshi o'yinchisi so'rovida uchinchi, 2005 yil esa ikkinchi o'rinni band etdi. To'rt marta O'zbekistonda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan (2003, 2005, 2006, 2007).

Qahramonimiz terma jamoa safida Osiyo Kubogi-2000, 2007 va 2011 saralashi va final bosqichilarida ishtirok etgan. Bundan tashqari JCH-2002, 2006 va 2010 saralashlarida maydonga tushgan.

U hozirga qadar O'zbekiston terma jamoasi safida eng ko'p gol urgan futbolchi hisobalandi - 61ta o'yin, 34ta gol.

2014 yilning 29 may kuni O'zbekiston terma jamoasi Ummon bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Mana shu bahs SHackixning terma jamoadagi eng so'nggi o'yini bo'lib tarixga kirdi.

"Bizni shuncha vaqt davomida qo'llab turganlarga rahmat aytaman. Bugungi tadbirni tashkil etganlarga rahmat. Terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo'llanma ololmaganim armonim bo'lib qoladi. Biz terma safidagi barcha o'yinlarda muxlislar uchun o'ynadik, barchaga rahmat. Termadagi o'yinlarim orasida birdaniga BAAga qarshi o'yin yodimga tushaveradi (OK-2000 saralashi. 1999 yil 27 noyabr). Bundan tashqari Samarqandda kechgan Ozarboyjonga qarshi debyut o'yinim ham yodimda",  - degandi SHackix Ummonga qarshi o'yindan so'ng. 



Terma jamoa gvardiyachilari #9. Maksim SHackix

FOTOGALEREYA. SHackix, Baqoev va Karpenkoning termadagi so'nggi uchrashuvi

Maksim SHackix: "Armonim JCHda qatnasha olmaganimda xolos"

VIDEO. SHackix, Baqoev va Karpenko - Barchasi uchun rahmat!


2010 yil sport jurnalisti Viktor Xoxlyukning tashabbusi va futbolchining roziligi bilan Ukraina klublarida to'p tepgan futbolchilar uchun Maksim SHackix nomidagi to'purarlar klubi tashkil etilgan. Unda hozirga qadar 170ta gol urgan SHackixning o'zi birinchi o'rinda bormoqda. Undan keyingi o'rinda 107ta gol urgan Luis Adriano qayd etilgan.

Arxiv fotosi: Mirjalol Qosimov va Maksim SHackix




Maksim SHackix
Jamoaviy yutuqlari:

6 marta Ukraina chempioni
5 marta Ukraina Kubogi sohibi
3 marta Ukraina vice-chempioni
2 marta Ukraina kubogi finalchisi
1 marta Qozog'iston vice-chempioni

SHaxsiy yutuqlar:
2 marta Ukraina chempionati to'purari
4 marta O'zbekistonda yil futbolchisi


Saytimizning barcha xodimlari va muxlislari nomidan Maksim SHackixni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz!


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика