Makkenni faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin
30 dek 2022 20:25
Yangiliklar
Makkenni faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin
"Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni transferi borasida mish-mishlar yangramoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 24 yoshli amerikalik yarim himoyachi faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Makkenniga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Dortmund klubi qishki transfer oynasidayoq futbolchini xarid qilish uchun harakat qilishi mumkin. Dortmundda ular allaqachon Jud Bellingemsiz hayotga tayyorgarlik ko'rishni boshlashdi - yarim himoyachi katta ehtimol bilan yozda ko'proq maqomli klubga o'tadi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Ueston Makkennini 21 million evroga baholamoqda.
Fikrlar