Mahrez: "2016 yilda "Arsenal"ga o'tishga yaqin edim"

Alisher
29 noya 2020, 12:13
Jazoirlik futbolchi "Lester"dan ertaroq ketishni xohlagan edi.

"Manchester Siti" xavbeki Riyod Mahrez 2016 yilda Londonning "Arsenal" klubiga o'tishga yaqin bo'lganini aytdi.

"Ha, "Arsenal" men bilan 3 yil oldin shartnoma imzolamoqchi edi, ammo o'shanda meni qo'yib yuborishmagan, shu sabab yuqori darajada o'ynab, 2 yil yo'qotganman. Butun 2 yil!

Meni "Man Siti"ga 24 yoki 25da berish o'rniga, 27 yoshda berishgan! "Lester"da o'sha paytda menga aytishgan edi: "Sen keta olmaysan, ketishing mumkin emas", - deydi Mahrez.

Eslatib o'tamiz, Mahrez 2018 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: goal.com