Mahmud Mahamadjonov: "Hali hech nimani bajarganimiz yo'q! Men uchun eng minimumi - chempionlik"
11 mar 2023 23:27
Yangiliklar
Mahmud Mahamadjonov: "Hali hech nimani bajarganimiz yo'q! Men uchun eng minimumi - chempionlik"
- Juda qiyin jarayonli o'yin bo'ldi. Jamoadagi barcha yigitlarga rahmat, so'nggi soniyalargacha borini berib harakat qilishdi. Xarakter ko'rsatdik va g'alabaga erishdik. Ollohga ming qatla shukur.
- Avstraliyaning kuchiga qarab shunday extiyotkor taktika tanlandimi?
- Bu termani o'rganib chiqqandik. Ularning o'yin uslubiga yuz foiz tayyor edik, standartlari-yu, taktik o'yiniga ham. SHu sababli yigitlar bir reja ostida o'ynay olishdi.
- Navbatdagi bosqichda qaysi terma tushishini istaysiz?
- Raqibning ahamiyati yo'q. Maqsad - chempionlik!
- Asosiysi, jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritildi. Endigi asosiy maqsad chempionlikmi?
- Hali hech nimani bajarganimiz yo'q! Asosiysi oldinda. Men uchun eng minimumi - chempionlik.
- Qo'shimcha bo'limlarda yigitlar charchab qolishdi.
- Biz vatan uchun o'ynadik. CHarchagan bo'lsa-da, taslim bo'lmadi. Vatan uchun oxirgi laxzagacha, so'nggi nafasgacha o'ynashga tayyormiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar