So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  3 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  29 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

Mahalliylashtirish masalasi yana qaytdi. Maminov, Georgiev, Pashinin... Navbat Golbanga Yangiliklar

Mahalliylashtirish masalasi yana qaytdi. Maminov, Georgiev, Pashinin... Navbat Golbanga

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarni ro'yxatini elon qildi. Kengaytirilgan tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak bir qator yangi nomlarni ham uchratishimiz mumkin.

SHular qatori O'zbekiston chempionatida besh yildan beri harakat qilib kelayotgan rossiyalik futbolchi Igor Golban ham termadan chaqiruv oldi. Joriy yilda O'zbekiston fuqaroligini olgan himoyachi endilikda milliy terma jamoamiz libosida maydonga maydonga tushishi mumkin. Abramov esa ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish ilinjida uni milliy jamoaga taklif qilish va muhitga moslashtirish ishlarini boshlab yubordi. Umuman olganda xorijlik legionerlarni mahalliylashtirish holati bizga begona emas. 2000 yil boshlarida futbolimiz ushbu jarayonni boshidan o'tkazgan. Terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlangan rossiyalik Vladimir Salkov bir qator xorijlik futbolchilarni jamoaga jalb etgan edi. O'zbekistonlik muxlislar ularni juda yaxshi tanishadi. 

Vladimir Maminov - Rossiya

Faoliyatini katta qismini Moskvaning "Lokomotiv" jamoasida o'tkazgan Maminov 2001 yilda O'zbekiston fuqaroligini oladi. Natijada esa uni Vladimir Salkov JCH-2002 saralash uchrashuvlarda taklif qiladi. Uning terma jamoamizdagi debyuti haqida rossiyalik mutaxassis quyidagicha so'zlaydi. 

"Lokomotiv"dan Vladimir Maminov va Oleg Pashininni O'zbekiston terma jamoasiga jalb qilgandim. Klub murabbiyi Yuriy Syomin menga hech qanday qarshiliklarsiz ularni qo'yib yuborgandi. O'zbekistonda ularni ajoyib tarzda kutib olishgandi. Birinchi bahsda Xitoy Taypei 7:0 hisobida taslim qilingandi. Maminov akrobatik tarzda qoyilmaqom gol urgandi. SHundan so'ng u muxlislar yoqimtoyiga aylanib olgandi. Maminov, Pashinin va Poyakov nafaqat professional, balki ajoyib insonlar. Ular klubda asosiy emasdilar. Biroq terma jamoada etakchiga aylanishgach klubdagi ishlari ham yurishib ketdi".

Garchi terma jamoamiz o'shanda mundialga yo'llanma olmagan bo'lsada Maminov o'zidan yomon taassurot qoldirmagandi. Maydon markazida Mirjalol Qosimov bilan ajoyib tandem hosil qilgan holda hujumlarni tashkil qilardi. SHackix esa ularning paslarini ajoyib tarzda yakunlardi. Maminovdan terma jamoamizning germaniyalik murabbiyi Yurgen Gyode ham JCH-2006 saralash bahslarida ham foydalandi. Biroq, so'ngi hal qiluvchi bosqchida vakillarimiz safarda Koreyaga mag'lub bo'lishgach Gyode va boshqa legioner futbolchilarimizga javob berib yuborildi. 

O'zbekiston milliy terma jamoasidagi statistikasi: 12ta o'yin, 3ta gol.

Vladimir Maminov 10-raqamda.

Oleg Pashinin - Rossiya

Maminov bilan birgalikda Xitoy Taypeyi bilan uchrashuvda yana "temiryo'lchi" Oleg Pashinin ham terma jamoamizdagi debyutini nishonladi. Aslida o'sha paytlarda o'zimizning ichki chempionatimizda ham yomon himoyachilar bo'lmagan. Biroq, terma jamoamiz oldiga juda jiddiy maqsadlarni qo'ygani bois Salkovning bu istaklarini bajarishga majbur bo'lgandi. Pashini ham jamoadoshi singari faoliyatini va hayotini "Lokomotiv"ga bag'ishladi. Orada bir muddat Yaponiya chempionati havosini ham ko'rib qaytdi. 2005 yil safarda Janubiy Koreyaga qarshi u terma jamoa libosidagi so'ngi uchrashuvini o'tkazdi. Garchi bu ikki futbolchi moskvaliklar tarkibida etakchilardan biri bo'lsada Rossiya terma jamoasiga taklif etilmasdi. Salkov esa shu imkoniyatdan unumli foydalanib qolgan deyishimiz mumkin. 

O'zbekiston milliy terma jamoasidagi statistikasi: 12ta o'yin. 



Aleksey Polyakov - Rossiya

Ushbu futbolchini terma jamoamizda to'p tepishida Mirjalol Qosimov jonbozlik ko'rsatgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Futbolimiz afsonasi Polyakov o'z vaqtida Rossiyaning "Krylya Sovetov" jamoasida birga harakat qilgan. Turli manbalarni keltirishicha rossiyalik kiperni Salkovga aynan Qosimov tavsiya qilgan. Buni Polyakov o'z intervyularining birida ham takidlab o'tgandi. "Mening O'zbekiston terma jamoasida o'ynashimda Mirjalol Qosimovning xizmatlari katta. Aynan uning yordami bilan men terma jamoada o'z o'rnimni topib keta oldim". Mahoratli posbon milliy jamoamiz safida jami 20ga yaqin uchrashuvda ishtirok etgan. Ravshan Haydarov uni 2004 yil Xitoydagi Osiyo kubogiga uchinchi darvozabon sifatida olib ketgandi. To'g'ri u termamizda o'ynagan paytlari darvozada zo'r turgan deya olmaymiz. O'ziga yarasha qo'pol xatolari ham uchrab turardi. Ammo, baribir futbolimiz tarixiga mahalliylashtirilgan legioner sifatida kirgan. 

O'zbekiston milliy terma jamoasidagi statistikasi: 17ta uchrashuv, 24ta gol o'tkazgan.



Georgiy Georgiev va Aleksey Dionisiev - Bolgariya 

Terma jamoamizda oz muddat to'p tepgan ikki bolgariyalik futbolchini muxlislar yaxshi eslashsa kerak. Georgiev va Dionisievlarni ham o'sha paytda terma jamoani kuchaytirish maqsadid Salkov taklif qilgandi. Toshkentda kechgan Xitoy Taypeyi bilan bahsda mahalliylashtirilgan bir qancha legionerlar maydonga tushadi. Georgiev va Dionisievlar mazkur uchrashuvda debyutlarini o'tkazish bilan birgalikda o'z hisoblariga gol ham yozdirib qo'yishadi. Georgiev Turkmanistonga qarshi Ummonda o'tkazilgan javob uchrashuvida ham to'p kiritishni uddasidan chiqqandi. Biroq, nima uchundir ular boshqa terma jamoamizdan chorlov olmadi. Balki, moliyaviy tomonlarni kelisha olishmagandir. Bu ikki futbolchi milliy jamoamizda umumiy hisobda beshtadan o'yinda qatnashgan. 

SHuning barobarida Ruslan Agalarov, Andrey Ryazancevlarga ham bitta uchrashuvda imkoniyat berilganini aytib o'tish joiz. Aslida ularning soni ko'pchilikni tashkil etishi mumkin edi. Biroq, malum sabablarga ko'ra yana bir qancha futbolchilar bilan kelishuv amalga oshmay qolgan. Bu borada Salkovning o'zi shunday degan edi. "O'sha paytda Bosniya termasida o'ynashga ulgurmagan Elvir Raximichga O'zbekiston terma jamoasida o'ynash bo'yicha taklif bilan chiqqandim. Biroq CSKAda asosiy futbolchiga aylanishni istayotganini shu bois taklifni rad qilgandi. Andrey Karyaka bilan uch marta bu masalada suhbatlashgandim. Biroq u Ukraina terma jamoasidan taklif kutayotgandi. Vladimir Kazakov, Dmitriy Vyazminkin va Vitaliy Safronov bilan kelishib olgandim. Rossiya terma jamoasiga ularni chaqirishmasdi. O'zbekistonga ularning foydasi tekkan bo'lardi. Biroq klub murabbiylari ularni qo'yib yuborishni istashmagandi".

Endi navbat Igor Golbanga etib keldi. Qariyb 15 yillik tanaffusdan so'ng terma jamoamizda yana mahalliylashtirilgan legioner paydo bo'ldi. Bunday imkoniyat keyingi mavsumda Dragan CHeranda ham yuzaga kelishi mumkin.



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика