Maguayr: "Yarim final natija emas"
16 avg 2020 14:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587199_original.jpg)
![](/upload/storage/587199_220.jpg)
Maguayr: "Yarim final natija emas"
"Manchester Yunayted" himoyachisi va sardori Xarri Maguayr Evropa ligasi yarim finali doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yarim final natija degani emas. APLni uchinchi o'rin bilan yakunladik. Demak, bu klub uchun etarli degani emas.
Kelajakda bundan-da yaxshiroq bo'lishni istaymiz. Sovrinlar yutishni, APLda chempionlikni, kuboklarni yutishimiz kerak.
Yarim finalga etib kelish yaxshi. Uzoq yo'lni bosib o'tdik, endi finalga ham chiqish kerak.
"Sevilya"ning o'yinlarini ko'rib chiqdim. Juda kuchli jamoa. Ular LaLigada zo'r o'ynashdi, yanvardan keyin jamoani to'xtatish qiyin bo'ldi. Futbolchilar yaxshi holatga kirib olgan.
Biroq biz o'zimizga etibor berishimiz kerak. Har doimgi o'yinimizni ko'rsata olsak, finalga chiqamiz", - dedi MYU sardori.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar