So’nggi yangiliklar

17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  1 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  2 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  2 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  13 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  10 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  4 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  7 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  28 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  4 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   11

Magazinga borish xavfli-mi? Immunolog barchasiga javob beradi Yangiliklar

Magazinga borish xavfli-mi? Immunolog barchasiga javob beradi

Teglar :  koronavirus
Avtobus bekatida yo'talib yoki aksirayotgan inson men uchun qanchalik xavfli bo'lishi mumkinmi?

Restoranlarga boraversam yoki jamoat transportlaridan foydalansam bo'ladimi? 

Sekin-asta butun dunyo ahli karantin holatidan chiqib, normal hayot tarziga o'tmoqda. Odamlar jamoat joylariga, odatiy ishlariga qaytmoqda. Bu esa koronavirus infekciyasini yuqtirib olish xavfini oshiradigandek. SHu o'rinda, epidemiyaning ikkinchi oqimi bo'lmasmikan degan savol tug'iladi.

Biz Dortmutdagi Massachusett universiteti immunologi Erin Bromidj bilan Covid-19 dan qanday saqlanish mumkinligi borasida suhbatlashdik.


Supermarketga borish yoki uyga buyurtma qilish epidemiya davrida qanchalik xavfli?

Barchasini buzib tashlab, boshidan qurish. Izolyaciya talablari odatlarimizga qanchalik tasir qildi va yaqin kelajakda bu jarayon qanday davom etadi? Koronavirus haqida nimalarni bilishimiz zarur? Asosiy savollarga javoblar:

Doktor Bromidj epidemiologiya va infekcion kasalliklar kursidan dars beradi va hozirgi pandemiyaning ilk davridan rivojlanish jarayonini sinchkovlik bilan kuzatib kelmoqda. U aynan shu kasallik bo'yicha mutaxassislikdan ko'ra, ilmiy bilimlarni tarqatishda samarali ish olib boruvchi inson hisoblanadi. Uning koronavirus bilan bog'liq xavflar haqidagi blogini 16 million inson o'qigan. U hech bo'lmasa qisman normal hayot tarziga qaytganda nimalarga etibor berish va qanday yo'l tutish haqida quyidagilarni maslahat beradi.


Infekciyani qaerda yuqtirib olish mumkin?

Doktor Bromidjning aytishicha, ko'pchilik odamlar o'z uylarida muntazam aloqada bo'lgan boshqa oila azolari orqali kasallikni yuqtirib olmoqdalar. 

Uydan tashqaridachi? Har kunlik xiyobondagi sayr biz uchun xavf tug'diradimi? Misol uchun, niqob taqishdan bosh tortgan "aqlli" - menga kasalni yuqtirishi mumkinmi?

Juda qiyin, deydi professor.

"Ochiq havoda virus cheklanmagan tarzda sochilib ketadi, - tushuntiradi u Bi-bi-si vakiliga bergan intervyusida. - Inson chiqargan nafas (undagi mikro-elementlar ham) juda, juda tez yo'q bo'lib ketadi".

Yani, katta ehtimol bilan, sizga etib kelgan virus miqdori, kasallanishingiz uchun kamlik qiladi. 

"Siz kasal bo'lib qolishingiz uchun organizmingizga infekciyaning malum miqdori tushishi kerak - SARS-CoV-2 virusining mingdan ortiq zarralari. Bu baho MERS va SARS tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan", - yozadi u o'z blogida.


Ha, yugurgani chiqqanlar tez-tez va chuqur nafas oladilar, lekin ular yoningizdan ham tezda o'tib ketadilar.

Aniq raqamlar yo'q va muhokama mavzusiligicha qolmoqda. Aniq javob uchun tajriba natijalari zarur, lekin jarayonning umumiy holatini tasavvur qilishimiz mumkin. Bu erda asosiy masala siz kerakli miqdordagi infekciyani turli yo'llar orqali "to'plashingiz" mumkin. "Bitta nafasda mingta virus elementlari yoki yuztadan o'nta nafasda va yoki o'ntadan virus elementi yuz marotaba nafas olganda. Farqi yo'q. Ushbu jarayonlarning har biri sizni kasallikka olib borishi mumkin", — tushuntiradi doktor Bromidj.

Bundan kelib chiqadiki, kasallangan inson bilan qisqa muloqotda, u zarur masofani saqlamasa ham, siz kasalni yuqtirib olishingiz qiyin — organizmingizga "kerakli" miqdordagi infekciya etib bormaydi.

Qanday hollarda chindan havotir olish zarur?

Kasallik belgisi bor insonlar

Yo'tal va aksirish chindan infekciyani tarqalishiga sabab bo'ladi, lekin bu turlicha yuz beradi.

Yo'talganda inson bir martada uch minggacha zarralarni 80 km/s tezlik bilan tashqariga chiqaradi, deydi doktor Bromidj. Ularning aksariyati og'irligi sabab pastga tushib ketadi, lekin bazilari havoda qolishi va xonaning narigi boshigacha etib borishi mumkin. Agar siz foydalanayotgan liftdagi inson yo'talmasdan aksirayotgan bo'lsa, xavf 10 barobar ortadi. Bir marta aksirish — bu o'rtacha 30 ming zarra va ular 320 kilometr soat tezlikda harakatlanadi hamda ular yanada kichikroq bo'lgani uchun yanada uzoqroqqa etib bora oladi.

"Agar inson kasallangan bo'lsa, yo'talganda yoki aksa urganda har safar u 200 millionga yaqin virus zarralarini chiqaradi", — takidlaydi doktor Bromidj.

"Agar siz bir inson bilan yuzma-yuz suhbatlashayotganingizda, u bevosita sizga qarab yo'talsa yoki aksirsa, tabiiyki, organizmingizga bemalol mingga yaqin infekciya zarrasi etib kelishi mumkin", — aniqlik kiritadi ekspert.

Agar siz yo'tal yoki aksirgan vaqtda bevosita u erda bo'lmagan bo'lsangiz ham, xavfdan holi emassiz. Bazi zarralar bir necha daqiqa havoda qolishi va xonada "sayr qilib" yurishi mumkin.


Kasallik asoratlarisiz virus tarqatuvchilar

Odatda, ko'chada virusni kasallik belgilari uchramagan insondan yuqtirib olinadi. Biz bilamizki kasallik yuqtirib olgan inson dastlabki besh kun hech qanday asoratlarsiz kasallikni boshidan o'tkazadi. Bazilarda esa ushbu simptomlar keyin ham butkul bilinmaydi. Virus zarralari atmosferaga oddiy nafas olishda ham chiqadi. Lekin ularning miqdori qancha bo'ladi?

"Bir marta nafas chiqarganda 50 dan 5000 gacha zarra ajraladi. Ularning aksariyati sekin harakatlanadi va juda tez erga tushib ketadi", — deydi doktor Bromidj.

Inson burnidan nafas olib chiqarganda ushbu zarralar soni keskin kamayadi!

"Burun — bu qo'shimcha filtr va havo vertikal yo'nalishda pastga yo'naladi. SHu tariqa, ajralib chiqayotgan patogenlar - virus zarralari soni - nisbatan ko'p emas, — deydi mutaxassis. — SHuningdek, oddiy nafas olish va chiqarishda havo ortiqcha bosimsiz chiqadi hamda pastki nafas yo'lidagi virus zarralari harakatga kelmaydi".

Nafas chiqarganda SARS-CoV-2 virusi (hozirgi koronavirus, Covid-19"ni yuzaga keltiruvchi virus) qancha miqdorda ajralishi nomalum. Lekin professor Bromidj tadqiqot malumotlariga tayanib, oddiy grippda kasal bo'lgan inson daqiqasiga 3tadan 20tagacha virus zarrasini chiqarishini malum qilgan.

Agar ushbu malumotlar to'g'ri bo'lsa, siz Covid-19 yuqtirib olgan odam bilan muloqotda 50 daqiqa to'xtovsiz u chiqargan nafasni (undagi virus zarralarini) nafas olish orqali organizmingizga yutishingiz talab etiladi. SHundagina siz infekcion miqdor mingga yaqin zarrani "to'playsiz" (barcha malumotlar va raqamlar taxminiy).

Xulosa qilib aytish mumkinki, infekciya tashuvchi bilan bir xonada bo'lgan taqdirda ham inson kasalni yuqtiriib olish imkoniyati juda past, agar u sizga qarab yo'talavermasa yoki aksirmasa. 

SHunday bo'lsa-da, kasallikni uydan tashqarida yuqtirayotganlarning aksariyatida simptomlarsiz kasallanganlar bilan aloqa natijasida bu amalga oshmoqda. 

Agar siz yuzma-yuz suhbatlashayotgan bo'lsangiz, xavf 10 barobar ortadi, — yodga soladi Bromidj.

So'lak, baland ovozda gapirish, baqirish va kuylash atmosferaga viruslar tarqalishi uchun ayni muddao.

"Baqirsangiz yoki qo'shiq kuylashni boshlasangiz — zarralar oldingizdagi hududga "hujum boshlaydi". Etiborlisi, bu jarayonda ajralib chiqqan virus zarralari nafas olish tizimining eng tubidan chiqib kelgani sababli ayniqsa xavfli hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Umuman olganda, nafas chiqarayotgandagi istalgan kuchanish havo ifloslanishiga olib keladi".

Qanday joylar ayniqsa xavfli? 

Tabiiyki, eng xavfli variant bu kasbi tufayli kasallanganlar bilan muloqotda bo'ladiganlar. Ammo shu bilan birga odamlar ko'p to'planadigan joylar ham xavfli hisoblanadi. Doktor Bromidj ko'ngil-ochar tadbirlar, diskotekalar, dafn marosimlarini alohida takidlaydi. 

Ushbu vaziyatlarning har birida virusni yuqtirib olish xavfi yuqori, chunki siz yopiq joyda ehtimoliy virus tashuvchi bilan uzoq vaqt qolib ketasiz.

"Hattoki aynan kasallangan inson sizdan taxminan 15 metr masofada turgan bo'lsa ham uzoq vaqt davomida siz "kerakli" miqdordagi virusni qabul qilib ulgurishingiz mumkin", — deydi olim.

Stomatologlar balki oramizda u qadar ko'p emasdir, lekin ular alohida xavfli guruh vakili hisoblanishadi.

"SHunchaki stomatolog ish jarayonini eslang, ko'z oldingizga keltiring. Mamuriyat o'z xodimlari xavfsizligini taminlash uchun ishni qanday yo'lga qo'yish borasida yaxshilab bosh qotirishi lozim, sababi birinchi navbatda stomatolog kasallanishi mumkin", — deydi doktor Bromidj.

Ushbu xavfli guruhning yana bir vakili — o'qituvchi va murabbiylar.

"O'qituvchi va murabbiylar odatda yoshi ulug' insonlar bo'lishadi va uzoq vaqt bir xonada yoshlar guruhi bilan qolishga majbur. Bu kabi ish joylarini xavfsiz qilishni obdon o'ylab ko'rish kerak", — takidlaydi ekspert.


Ochiq havoda va yopiq xonada

Bromidjning so'zlariga ko'ra, ko'pchilik bo'lib kasallikni yuqtirib olganlarning juda kam qismi ochiq havoda yuz bergan. SHamol va kenglik virus koncentraciyasini yo'qotadi, quyosh nuri, jazirama va namlik esa uning "umrini" qisqartirishi mumkin. Masofani saqlash va "gapni qisqa qilish" orqali siz virusni yuqtirib olish xavfini yanada kamaytirgan bo'lasiz.

Ammo bazi yopiq inshootlar juda xavfli, ayniqsa odamlar zich joylashib, yaqin turgan holda suhbat quradigan tadbirlar, qo'shiq aytishlar va baqir-chaqir uchraydigan joylarda kerakli masofani saqlash biroz mushkul vazifa. Ventilyaciya tizimi yomon va kondicioner havosi xizmat qiladigan xonalar, joylar ham muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Do'konlarchi? Masofani saqlab, bir joyda uzoq qolib ketmasangiz, do'kon yoki supermarketga ortiqcha qo'rquvsiz borishingiz mumkin.


Xavfni baholash



Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq cheklovlar engillashtirilganda ham biz u yoki bu mashg'ulotning qanchalik zararli bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rishimiz zarur, maslahat beradi Bromidj. Yopiq joyga otlanar ekansiz, u erning kengligi, bir vaqtda o'sha joyda to'planadigan odamlar soni va siz u erda qancha vaqt qolishingizni chamalab ko'ring.

"Agar siz havo almashib turadigan, odamlar uncha ko'p bo'lmagan joyda bo'lsangiz, virusni yuqtirib olishingiz qiyin, — deydi olim. — Agar siz ochiq ofisda ishlasangiz, uning hududi, odamlar soni va ventilyaciya tizimiga etibor qaratish lozim. Agar ishingiz yuzma-yuz kontaktlar va qo'shimchasiga baland ovozda gaplashish va baqirib qolishni talab qilsa, yaxshilab o'ylab ko'ring".

Misol uchun, savdo markaziga kelgan mijoz uchun odamlar juda ko'p bo'lmasa va markaz hududi katta bo'lsa ortiqcha havotirga o'rin yo'q. Ombor ishchisi uchun xavf ko'proq. Sababi u deyarli butun kunini bir joyda o'tkazadi. Ochiq havoda viruslar tezroq kuchini yo'qotgani sabab, uni yuqtirib olish imkoniyati juda past, lekin virus zarralari miqdori va vaqt haqida unutmang, — deydi professor.

"Hozirgacha biz virusning havo orqali yuqishi haqida gapirdik, lekin ushbu zarralar istalgan joyga tushib o'rnashib olishi mumkinligini ham unutmaslik lozim. Qo'lingizni muntazam yuvib yuring va yuzingizga tega ko'rmang", — uqtiradi Bromidj.

Ha, yana bir gap, vaqtincha tug'ilgan kun tortidagi shamlardan voz kechgan maqulroq.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика