"Maestro" "San-Siro"da yulduzlar bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi FOTO
22 may 2018 11:41
Yangiliklar


"Maestro" "San-Siro"da yulduzlar bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi FOTO
Andrea Pirloning xayrlashuv uchrashuvida A Seriya hamda Italiya termasining yulduzlari qatnashdi.
Sobiq futbolchilar ikki jamoaga bo'linishdi - "Oq kiyimli yulduzlar" va "Ko'k kiyimli yulduzlar“.
Uchrashuvda 7:6 hisobi qayd etildi va unda "Ko'k kiyimli yulduzlar" g'alabaga erishdi. Bahsda Pirlo ikki jamoa tarkibida ham harakat qildi.
Jamoalar tarkibi shunday ko'rinish oldi:
"Oq kiyimli yulduzlar": Dida, Zanetti, Kostakurta, Favalli, Zambrotta, Lempard, Pirlo, Ruy Koshta, Pato, Vieri, Del Pero.
"Ko'k kiyimli yulduzlar": Storari, Kafu, Bonera, Materacci, Serjino, Zeedorf, Albertini, Ambrozini, Kassano, SHevchenko, Kvalyarella.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar