Lyov: "Qora kun. Ispaniya yaxshiroq, tezroq va aniqroq o'ynadi, bizda esa umuman imkon bo'lmadi"
18 noy 2020 10:37
Yangiliklar
Lyov: "Qora kun. Ispaniya yaxshiroq, tezroq va aniqroq o'ynadi, bizda esa umuman imkon bo'lmadi"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Millatlar Ligasi doirasidagi Ispaniya (0:6)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Hozir nimanidir tushuntirish qiyin. Umuman o'xshamadi.
Ikkinchi bo'limda biz o'yinni qaytarish uchun alohida o'yinchilarga qarshi o'ynashga, bosim qilishga harakat qildik. Ammo, Ispaniya yaxshiroq, tezroq va aniqroq o'ynadi. Bizda esa imkoniyat bo'lmadi. Bu qora kun. Bugun biz ko'rdikki, o'ylaganimizdek tez bosim qila olmayapmiz.
Albatta, menda echimni izlash xohishi bor. Bu mening qarzim", - deydi Lyov.
Eslatib o'tamiz, Germaniya uchun sharmandali hisob qayd etilgan o'yinda nemislar Unai Simon darvozasi tomon bitta ham aniq zarba bera olishmadi.
Fikrlar