Lyov: "O'zil biz bilan muloqot qilishni istamayapti, sababini bilmayman"
10 dek 2018 11:06
Yangiliklar
Lyov: "O'zil biz bilan muloqot qilishni istamayapti, sababini bilmayman"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyovning so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi Mesut O'zil u bilan milliy jamoadan ketishi haqida suhbatlashgani yo'q.
"Arsenal" bazasiga borganimda Mesut mashg'ulotda yo'q edi. Ayni damda u biz bilan gaplashmoqchi emas. Sababini bilmayman. U qarori haqida menga aytmagani uchun juda xafa bo'ldim. O'zildan hech qanday signal bo'lmadi" - deydi Lyov.
Eslatib o'tamiz, O'zil JCH-2018dan oldin Turkiya prezidenti bilan suratga tushgan edi. Mundialdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng nemis matbuoti jamoaning omadsizligida Mesutni aybladi. Natijada O'zil terma jamoadan ketdi.
Fikrlar