Lyov 2:2 hisobidan so'ng: "O'yin ko'ngli bo'shlar uchun emasdi"
24 iyu 2021 07:58
Yangiliklar
Lyov 2:2 hisobidan so'ng: "O'yin ko'ngli bo'shlar uchun emasdi"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Evro-2020 doirasida Vengriyaga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Germaniya o'yin davomida ikki marta ortda qolayotib, hisobni tenglashtira oldi.
"Biz jangovar rux namoyish etdik - xato qildik, lekin oxirigacha kurashdik. Jangovar rux juda yuqori edi. O'yin ko'ngli bo'shlar uchun emasdi.
Vengriya shunday tarzda kurashishini bilardik.
SHuni aytishim lozimki, asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish edi", - dedi Lyov.
Endi germaniyaliklar chorak final yo'llanmasi uchun Angliya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar