Lutfulla To'raev Malayziya klubi bilan shartnoma tuzdi
24 dek 2015 14:45
Yangiliklar
Lutfulla To'raev Malayziya klubi bilan shartnoma tuzdi
U Malayziya Superligasi vakili “Felda Yunayted” bilan shartnoma imzoladi.
SHu tariqa To'raev “temiryo'lchilar” bilan xayrlashdi va endilikda boshqa chempionatda faoliyat olib boradi. Eslatib o'tamiz, “Felda Yunayted” joriy mavsumni beshinchi o'rinda tugatdi. Bungacha bu jamoada muxlislarga yaxshi tanish Boyan Miladinovich to'p tepib kelayotgandi. Lekin serbiyalik himoyachi klubni tark etgan.
Lutfulla To'raev yakuniga etgan mavsumni yuqori kayfiyatda o'tkazdi. U ko'p o'yinlarda “Loko”ning asosiy figuralaridan biriga aylandi. Bir-biridan chiroyli gollar urishga muvaffaq bo'ldi. Bejizga u klub rahbariyati tomonidan “Lokomotiv”ning 2015 yildagi “Eng yaxshi yarim himoyachisi” deb topilgani yo'q. Biz Lutfullaga “Lokomotiv”da o'tkazgan mavsumi uchun rahmat aytamiz va uning keyingi faoliyatida omad tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar