Lukas Moura: "Qachonlardir "San-Paulu"ga qaytaman"
26 dek 2013 11:22
Yangiliklar


Lukas Moura: "Qachonlardir "San-Paulu"ga qaytaman"
"PSJ" yarim himoyachisi Lukas Moura vaqti kelib, "San Paulu"ga qaytish istagi borligini bildirdi.
"Hamma mening "San Paulu"ga bo'lgan mehrimni yaxshi bilishadi. Men bu klubni jula yaxshi ko'raman, u har doim yuragimda bo'ladi. Biroq men Braziliyadan ketganimga ko'p bo'lmadi va Evropada amalga oshirishim kerak bo'lgan rejalarim bor. Biroq qachondir "San Paulu"ga qaytaman. Hozirmas faqat", dedi Moura.

Fikrlar