Lukas "Inter"ga o'tish haqida o'ylamoqda
09 dek 2014 22:29
Yangiliklar

Lukas "Inter"ga o'tish haqida o'ylamoqda
"Liverpul" yarim himoyachisi Lukas Leyva qishki transfer oynasi vaqtida "Inter"ga o'tishni istamoqda.
Bu mavsumda Premer-Ligada Lukas atiga 6ta o'yinda maydonga tushdi. 27 yoshli braziliyalik futbolchi Brendan Rojersning ishonchini qozona olmayapti.
Calcio Mercato nashrining xabariga ko'ra, Leyva yanvarda "Liverpul"dan ketmoqchi. Unga Rafael Benites boshchiligidagi "Napoli" klubi anchadan buyon qiziqish bildirayotgandi, ammo endi Lukasda yana bir variant paydo bo'ldi.
"Inter"ning yangi bosh murabbiyi Roberto Manchini Lukasni o'z jamoasi safida ko'rishni istamoqda. "Manchester Siti"ning sobiq ustozi Leyvani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Fikrlar