Lukakuda muammo bormi?
20 mar 2019 03:20
Yangiliklar


Lukakuda muammo bormi?
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku terma jamoasining kelgusi o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.
"Manchester Yunayted" klubidan Belgiya terma jamoasi yig'iniga borib yo'shilgan 25 yoshli forvard qatorasiga ikki kun mashg'ulotda qatnashmadi. Oqibatda, Lukaku o'ng oyog'ini MRT tekshiruvidan o'tkazdi.
Malumot o'rnida, Belgiya 21-mart kuni Evro-2020 saralashi doirasida Kipr termasi bilan bahs olib boradi. Ushbu o'yinda Romeluning qatnashishi so'roq ostida qolmoqda.
Joriy mavsum Lukaku MYU safida 27 bahsda 12 ta gol urdi va 1 marta golli uzatma muallifiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar