Lukaku "Sassuolo" (4:3) bilan o'yin haqida: "G'alabadan mamnunman, lekin yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi"
20 okt 2019 19:15
Yangiliklar


Lukaku "Sassuolo" (4:3) bilan o'yin haqida: "G'alabadan mamnunman, lekin yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi"
"Inter" forvardi Romelu Lukaku A Seriya 8-turidan o'rin olgan "Sassuolo"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Barchasi 4:1 hisobida yakunlanishi lozim edi. Birinchi bo'limda hammasini to'g'ri bajardik, ikkinchi taymda ko'proq gol urishimiz kerak edi.
O'yindan ijobiy xulosam shu bo'ldiki, 3 ochkoni qo'lga kiritdik, ammo yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi. Jamoaga o'yin mobaynida yordam berishga harakat qildim va juda xursandman, sababi ushbu g'alabaga erishish o'ta ahamiyatli edi. Golni murabbiy bilan nishonlaganimga kelsak, biz va Konte – jamoa o'yinchilarimiz. Ishimga bor etiborni qarataman va har o'yinda borimni beraman", – deydi Lukaku.
O’xshash yangiliklar
08:30
O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi 3

Fikrlar