Lukaku: "Ronaldu mendan ko'proq gol urgan, ammo Skudettoni "Inter" yutdi"
26 iyu 2021 09:56
Yangiliklar
Lukaku: "Ronaldu mendan ko'proq gol urgan, ammo Skudettoni "Inter" yutdi"
"Inter" futbolchisi Romelu Lukaku Belgiya va Portugaliya o'rtasidagi o'yin oldidan Krishtianu Ronaldu haqidagi savolga javob qaytardi.
"U mendan ko'proq gol urdi, ammo Skudettoni biz yutdik. Men uchun sovrin yutish muhim edi, aynan shu mening maqsadim edi.
Ronalduning driblingi va zarbasiga biroz hasad qilaman. O'ylaymanki, u mening kuchim va aniqligimga hasad qiladi", - dedi Lukaku.
Fikrlar