Lukaku: "Konte bilan birga ishlayotganimdan xursandman"
22 sen 2019 14:14
Yangiliklar


Lukaku: "Konte bilan birga ishlayotganimdan xursandman"
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku A Seriya doirasida "Milan" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Konte bilan munosabatlarimiz yaxshi. U menga katta yordam bermoqda. 26 yoshdaman va menga shunday katta ishtiyoq beradigan inson kerak. "Inter"da o'ynash va Konte bilan birga ishlashdan mamnunman.
Derbidagi g'alaba - muhim natija. Biroq oldinda "Lacio"ga qarshi oson bo'lmagan bahs kutib turibdi. Sovrin? Hali bu haqida o'ylashga juda erta", - dedi Lukaku.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar