Lukaku Ibragimovich haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi
05 fev 2020 01:40
Yangiliklar


Lukaku Ibragimovich haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi
"Ibra — chempion, men uni hurmat qilaman. “Manchester Yunayted“da har kuni u bilan birga mashg'ulot o'tkazish imkoniyati ega bo'lgandim. Zlatanga qarshi o'ynash ajoyib bo'ladi. U g'oliblik ruhiga ega, haqiqiy professionaldir.
Ibragimovich 38 yoshida o'z darajasini qanday ushlab turganini bilaman. U ko'p ishlaydi. “Manchester Yunayted“ safida birga o'ynaganimizda u mendan maslahatlarini ayamasdi. U Ronaldu bilan bir darajada“, — dedi belgiyalik hujumchi.
Eslatib o'tamiz, Italiya futboli ixlosmandlari 9 fevral kuni “Milan derbisi“ga guvoh bo'lishlari mumkin.
Inter Marcelo Brozovic - 51', Matias Vecino - 54', Stefan de Vrij - 70', Romelu Lukaku - 90' |
Serie A . 23-tur 10/02/2020, 00:45 2
:
4
Tugadi
|
AC Milan Ante Rebic - 40', Zlatan Ibrahimovic - 45' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 75817 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
O’xshash yangiliklar

Fikrlar