Lukaku “Everton” bilan shartnomasini uzaytirmaydi
14 mar 2017 22:32
Yangiliklar


Lukaku “Everton” bilan shartnomasini uzaytirmaydi
“Everton” hujumchisi Romelu Lukaku jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.
The Times muxbiri Pol Joysning malum qilishicha, bugun futbolchi klub rahbariyatiga jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligini aytgan.
Joriy mavsumda Lukaku “Everton” tarkibida gol urish bo'yicha APLda rekord o'rnatdi.
Ilgariroq futbolchining agenti Mino Rayola futbolchining yangi shartnomasi borasida kelishuvga erishilganligini malum qilgandi. Futbolchining “Everton” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar