Lukaku dunyodagi eng yaxshi murabbiy kimligini aytdi
09 avg 2019 23:23
Yangiliklar
Lukaku dunyodagi eng yaxshi murabbiy kimligini aytdi
"Inter"ning yangi futbolchisi Romelu Lukaku yangi klubidagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Loyihalari sababli "Inter"ni tanladim. Klub to'g'ri yo'lda oldinga harakatlanmoqda va bu men uchun o'zgacha chaqiruvdek ko'rindi. Yangi jamoamga esa maqsadlari sari olg'a qadam tashlashida yordam bermoqchiman.
Katta gapirishni istamaganman. Umid qilamanki, mavsum yakunida biz o'z vazifalarimizni bajargan bo'lamiz.
Ha, Konte mening transferimdagi asosiy omil bo'ldi. U dunyoning eng yaxshi murabbiyi. U o'z faoliyati davomida futbolchilarini yuqori cho'qqilarga olib chiqa olgan.
Menga ishongani uchun klub prezidenti Stiven Jan, klub sport direktori Juzeppe Marotta kabi insonlarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu erda ekanligimdan xursandman", - dedi Lukaku.
Fikrlar