Lukaku: “11 yoshimdan “Stemford Brij”da gol urishni orzu qilganman"
12 sen 2021 09:40
Yangiliklar
Lukaku: “11 yoshimdan “Stemford Brij”da gol urishni orzu qilganman"
“11 yoshimdan buyon “Stemford Brij”da gol urishni orzu qilaman. Bu lahzalar uchun juda ko'p mehnat qilishimga to'g'ri keldi. G'alabadan xursandman. Bu biz uchun muhim bellashuv edi. Biz ilk daqiqalardanoq g'alabaga chanqoqligimizni namoyish eta oldik va kerakli natijaga erishdik.
Italiyada to'p tepganimda o'yin davomida gol urish uuchun bir yoki ikkita vaziyat bo'lardi. SHu bois mendan ulardan samarali foydalanish talab etilardi. Ayni paytdagi holatimdan mamnunman va oldinga intilishda davom etamiz.
“Aston Villa” juda yaxshi jamoa. Ko'p vaziyatlarda pressing uyushtirib, asosan hujumchilarni noqulay ahvolga tushirib qo'yishga intildi. Ammo barchasi biz uchun yaxshi yakun topdi. Bolaligimdagi orzuimni amalga oshirganimdan xursandman. Judayam baxtliman va ishlashda davom etaman”, – deya Lukakuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Fikrlar