Luisma Ernandes: "So'g'diyona" shundoq ham kuchli jamoa, ularga hakamlar yordami shart emas"
01 may 2022 21:11
Yangiliklar


Luisma Ernandes: "So'g'diyona" shundoq ham kuchli jamoa, ularga hakamlar yordami shart emas"
- O'yin haqida
- Yaxshi uchrashuv, teng kurashlar ostida kechgan o'yin guvohiga aylandik. Mezbonlar o'z vaziyatlaridan unumli foydalanishdi va g'alabaga erishishdi.
- Raqib "So'g'diyona" uchun alohida taktik uslub tayyorlaganmidingiz?
- Ha, biz raqibni alohida o'rganib chiqqandik. Birinchi bo'limda ularda bitta vaziyat bo'lgandi, unumli foydalanib ketishdi. Ikkinchi bo'limda o'z uslubimizni o'zgartirgan xolda hujumkorlikka etibor qaratgandik, qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik.
- Qo'l ostingizdagi tarkibni mavsum davomida saqlab qolasizmi yoki davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?
- Hozircha bu haqda gapirishning mavridi emas. So'zim oxirida shuni qo'shimcha qilmoqchi edim, "So'g'diyona" shundoq ham kuchli jamoa, ularga hakamlar yordami shart emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar