So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Luisma Ernandes: "O'ylashimcha, uchinchi gol qayd etilishida xatolik bo'ldi" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "O'ylashimcha, uchinchi gol qayd etilishida xatolik bo'ldi"

Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Mavsum endi boshlandi. Mavsumoldi tayyorgarlik qolgan jamoalarga qaraganda boshqacharoq bo'lgani o'yinda yaqqol aks etdi, sababi raqib jamoaning ritmiga qaraganda bizning ritm pastroq edi. SHunga qaramasdan, qo'ldan kelgancha harakat qildik. Birinchi bo'limni oladigan bo'lsak, o'z xatolarimiz tufayli ikkita gol o'tkazib yubordik. Xatolarni tuzatish maqsadida oldinga qarab harakat qildik. Bizda ham xavfli vaziyatlar yuzaga keldi, ammo ular gol bilan yakunlanmadi. Agarda hujumlarimiz yakuniga etganda, muvozanatni to'g'rilashga harakat qilardik. Ikkinchi bo'limda ham yuqori tempda o'yin namoyish etishga va hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Uchinchi gol o'tkazib yuborilgach, ayrim futbolchilar emocional tarafdan o'zlarini nazorat qila olmaganidan biroz xafa bo'ldim. Mag'lubiyatga qaramasdan, futbolchilarga va ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.

- O'tgan yil boshida klub falsafasi yosh o'yinchilarni tarbiyalab, klubga etkazish ekanligini takidlagandingiz. Mavsumlar oralig'ida esa bir nechta legionerlar tarkibga jalb etildi. Bunda avvalgi natijalardan qoniqish bo'lmadimi yoki klub o'z siyosatini o'zgartirdimi?

- O'tgan yilgi tarkibdagi bazi o'yinchilar boshqa klublarga o'tganligi sababli, qolaversa, tarkibdagi boshqa futbolchilarning darajasini oshirish maqsadida legionerlarni jalb qilishga qaror qildik. Ularning jamoaga moslashishi uchun biroz vaqt talab etiladi. Ular kelgusi o'yinlarda o'zlarini ko'rsata oladi deb o'ylayman. 

- Davralar oralig'idagi yig'indan ko'nglingiz to'ldimi? 

- Avvalgi intervyularimda aytib o'tgandim, tayyorgarlik borasida biroz ko'nglim ranjigandi. CHunki sharoitlarning yaxshi bo'lmagani bugungi o'yinda aks etdi. Lekin bu mag'lubiyat uchun sabab bo'la olmaydi. O'z ustimizda ishlab, kelgusi uchrashuvlarda yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Raqib jamoani bugungi g'alaba bilan tabriklaymman. Endilikda "Navbahor"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. 

- Yosovich va Damir Temirov jarohat olganmi? Ular qachon safga qaytishadi?

- Bazi o'yinchilar mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida jarohat oldi. Damir Temirov o'tgan yili jarohat olgandi, bu yil tarkibga qo'shildi. Ularning tiklanishi uchun 2-3 hafta kerak bo'ladi. 

O'yinga qaytadigan bo'lsam, uchrashuv boshidagi ikki to'p murakkab vaziyatda o'tkazib yuborildi. Lekin uchinchi gol qayd etilishida xatolik bo'ldi. Biroq bu haqda hech narsa deya olmayman, sababi o'yinni qaytadan ko'rib, tahlil qilishimiz kerak. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика