So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Luisma Ernandes: "Kubok finalida qog'ozda "Paxtakor" favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Kubok finalida qog'ozda "Paxtakor" favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi"

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" (2:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.




- O'yin haqida

- Jamoamizni ko'proq ruhiy tarafdan tayyorlash lozim edi. Oxirgi turda hammasi o'zimizga bog'liq ekanligini tushuntirdik. Jarohatlanganlar ko'pligiga qaramasdan, mavjud futbolchilar borlarini berib harakat qilishdi. Ruhiy tayyorgarligimiz yaxshiligi hisobiga g'alaba qozondik.

- Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida ko'proq nimalarga ahamiyat berilgan?

- Bu jamoani juda qiyin holatda qabul qilib oldim, lekin shunga qaramasdan, yigitlar bilan astoydil mehnat qildik. Asosiy etiborni o'z jamoamiz o'yiniga qaratdik va jipslashgan holda harakat qildik.

- O'yinni kuzatish davomida butun-diqqat etiboringiz shu o'yinga qaratilganmidi yoki "Surxon" – "Mashal" bahsi haqida o'yladingizmi?

- To'g'risini aytsam, u o'yinga umuman etibor bermadim. Diqqat-etiborimizni faqat o'zimizning o'yinimizga qaratdik, buni yigitlarga ham aytgandim.

- O'zbekiston kubogi yarim final uchrashuvlarini kuzatib bordingizmi?

- Ha

- Kubok finali favoriti qaysi jamoa deb o'ylaysiz?

- Qiziq o'yin bo'ladi. Mavsumning yakuniy o'yin bo'lgani uchun ikki jamoa ham borini berib harakatlanadi. Qog'ozda "Paxtakor" – favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi. 

- Ispaniya va O'zbekiston futbolida o'xshash jihatlar bormi? 

- Hozircha haqiqiy ispan futboli qanaqa bo'lishi muxlislarga ko'rsatganimiz yo'q. Umid qilamanki, keyinchalik ispan futboli qanday bo'lishini "Metallurg" bilan namoyish qilamiz. Albatta, o'xshash jihatlar bor. Biroq hozir bizda natija muhimligi uchun shunga mos uslubdan foydalandik.

Futbol o'ziga ishongan va jasur insonlar uchun. Fursatdan foydalanib, "Metallurg" rahbariyatiga, muxlislariga va jamoa xodimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- "Metallurg"ni Ispaniyadagi qaysi jamoaga qiyoslash mumkin?

- Hozircha "Atletiko Madrid" (kuladi). CHunki asosiy urg'u natijaga qaratilgan va shunga mos uslubda o'ynayapmiz. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика