So’nggi yangiliklar

19:06Бернардески "Торонто" билан шартномасини узайтириш борасида музокаралар олиб бормоқда  0 18:43Хави Симонс ПСЖга қайтмайди  4 18:27Про лига. "Бухоро" – "Олимпик-MobiUz". Таркиблар маълум  5 18:01Мбаппесиз. ПСЖ келаси мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:00Про лига. "Хоразм" – "Арал" (онлайн ҳисоб)  3 17:37Футзал бўйича Олий лига. ОКМК "Динамо" дарвозасига 5 та тўп киритди, Элбек Тўлқиновдан хет-трик!  0 16:55АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:30"Челси" вакили 2018 йилнинг сентябридан буён илк бор АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси бўлди  2 16:05Гавининг тикланиш жараёни ноябрь ойигача чўзилиши мумкин  0 15:41Рис Жеймс машғулотларга қайтди  0 15:14"Боруссия" Дортмунд таркибни "Челси" ҳужумчиси билан кучайтирмоқчи  4 14:47FIFPro ФИФАни судга бермоқчи  4 14:20"Динамо"га трансфер тақиқи қўйилди  8 13:55"Манчестер Юнайтед"нинг 2 футболчиси умумий гуруҳга қайтди  2 13:29"Ливерпуль" ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади  1

Luisma Ernandes: "Bir yoqadan bosh chiqarib o'ynadik va g'alaba qozondik" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Bir yoqadan bosh chiqarib o'ynadik va g'alaba qozondik"

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Metallurg" (1:2) o'yinidan keyin bekobodliklar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Bugun eng qiyin o'yinlardan birini o'tkazdik. Ikki jamoaga ham g'alaba suv va havodek zarur edi. SHu bois iloji boricha hujumkor o'yin ko'rsatishni rejalashtirgandik. Bor imkoniyatlardan unumli foydalana oldik, g'alabaga munosib edik deb o'ylayman.

"Surxon" so'nggi daqiqalarda yuqori pressing qo'lladi. O'sha vaziyatlarda bizga ayrim futbolchilarimizning yo'qligi sezildi. O'ylashimcha, bu raqib jamoa uchun qo'l keldi. O'tgan hafta juda qiynaldik. CHunki ko'plab yo'qotishlarimiz bor edi. SHunga qaramasdan, bir yoqadan bosh chiqarib o'ynadik va g'alaba qozondik. Futbolchilar, murabbiylar, jamoa rahbariyati va muxlislarni bu bilan tabriklayman! "Surxon" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad! 

- Odatda "Metallurg" ikki hujumchi va hujumchi ortida harakatlanadigan futbolchi bilan o'ynardi. Damir Temirov va Behruz SHodmonov jarohat olgani uchun bir nafar hujumchi va ikki nafar vinger bilan o'ynadingiz. Bugun qo'llagan yangi uslubingiz haqida nima deya olasiz? Keyinchalik ham foydalanasizmi?

- Kelajakda bu uslubda o'ynash yoki o'ynamaslik haqida hali o'ylab ko'rmadik. Lekin vaziyatdan kelib chiqib shu taktika asosida o'ynashga qaror qildik. O'ylashimcha, bu o'zini oqladi.

- Damir Temirov olgan jarohat qanchalik jiddiy?

- Damir Temirov jiddiy jarohat olgan. U 2 haftadan keyin safga qaytadi. 

- O'tgan uchrashuvda Bektemir Abdumannonov debyut qilgandi, bugun esa Mirkomil Abdurazzoqov ilk marta maydonga tushdi. Yoshlar ishonchni oqlashyaptimi?

- Yozdan beri jamoani yoshartirish haqida o'ylab kelayotgandik. O'ylaymanki, rejamiz o'z mevasini beryapti. Akademiyada yoshlarni tayyorlab, jamoa uchun kerakli futbolchilarni etishtirib chiqarmoqchimiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика