So’nggi yangiliklar

12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4

Luish Figu: Realga sovrinlar va obro' uchun o'tgandim Yangiliklar

Luish Figu: Realga sovrinlar va obro' uchun o'tgandim

Barselona va Real afsonasi Luish Figu AS nashri uchun bergan navbatdagi intervyusida ham eski mavzuga to'xtalishdan o'zini tiyib turolmadi.

Yani buyuk sotqin maqomini olishiga sabab bo'lgan o'sha mashhur transferni eslab, Kataloniya klubidan nima uchun ketganini yana bir marta izohlashiga to'g'ri keldi. Portugaliya futboli faxri shuning barobarida Sportingda faoliyati qanday boshlanganini xotirladi va Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Aytingchi, Sportingda o'tgan damlar aynan nimasi bilan yodingizda qolgan?


- Eh, menda bu klubga bog'liq faqat ijobiy xotiralar bor. Sportingda 19 yoshimda o'ynay boshlagan va 22 yoshgacha Bobbi Robson va Karlush Keyrushdan ko'p narsalarni o'rganganman. Malum vaqt Frank Raykaard bilan birga to'p surish ham nasib etgandi. Klubda doimo yosh iqtidorlarga o'zgacha mehribonlik ko'rsatishardi. Sporting shu masalada Ayaksga o'xshab ketadi, lekin futbol falsafasi boshqacharoq, baribir.  Jamoadan ajoyib istedodlarning etishib chiqishi bejiz emas. O'sha davrda Paulu Futre bosh yulduz sanalardi, mendan keyin esa Simau, Krishtianu va Nani kabi yigitlar chiqishdi.

- Ronaldu haqida so'z ochilgan ekan, unga alohida to'xtalib o'tsangiz...


- Krishtianuning harakatlari menga juda yoqadi, uning uchun doimo xursandman. Qarang, Ronaldu yildan-yilga kuchliroq o'ynamoqda. Oddiy aytganda, bu yigit futbol tarixini yozish bilan band.

- Ronaldu va Eysebioni o'zaro taqqoslash mumkinmi?


-  Eysebioning o'yinlarini bevosita tomosha qilgan emasman. Lekin portugal futbolida tutgan o'rni va menga doimo yaxshi munosabatda bo'lib, har dam to'g'ri va kerakli maslahatlar berishga tayyor turganini inobatga olib, aynan uni birinchi o'ringa qo'yaman. Zero, men uchun muhimi - bu hurmat. O'z o'rnida, alohida takidlashim joiz, ikkisi ham futbol uchun tarixiy shaxs hisoblanadi.

- Sportingdan Barselonaga o'tgan edingiz. Xo'sh, Barsani qanday eslaysiz?


- Kataloniyaliklar bilan xayrlashuvimiz xunuk chiqqaniga qaramay, jamoa haqida hech qachon yomon gap aytgan emasman. Axir uning bag'rida faoliyatimning sehrli qismini o'tkazdim. SHubha yo'q, aynan Barselonada futbolchi sifatida katta o'sishga erishdim. Xullas, o'sha 5 yilni xursandchilik bilan esga olaman. Nimadandir afsuslanishimga hojat yo'q. Kataloniyaliklar chinakam professionalga aylanishimga sezilarli yordam berishdi - orzum ham shu edi. Qisqasi, Barsa haqida faqat ijobiy fikr bildirishim mumkin. Xususan, Yoxan Kroyff bilan yo'llarimiz kesishgani - bu omadim chopgani.

- Gvardiola o'sha Kroyffga o'xshaydimi?

- Har ikkisi o'z yo'lida mutlaq sobitqadam. Pep hattoki, futbolchilik faoliyatida ham butun jamoani boshqarishga moyil edi va g'alabadan boshqasini tan olmasdi.

- Eski mavzu - Real safiga qo'shilish qaroringizning bosh mohiyati nima edi?


- Bu tarix, albatta, lekin men uchun umumetirof muhim ahamiyat kasb etardi. Oddiy aytganda, Madrid safiga sovrinlar yutish va obro' orttirish ilinjida qo'shilgandim. Tan olaman, moliyaviy shartlar ham sezilarli darajada yaxshi bo'lgandi.

- Tan olingan murabbiy - Visente del Boske bilan tezda til topishgansiz...


- O'sha vaqt Realni aynan del Boske boshqargani ham omadim yurishganidan dalolat. U barchasini mo'jizaviy tarzda nazorat qilardi, har qanday vaziyatni ustamonlik bilan hal etardi. Ha, o'rtamizda iliq munosabatlar shakllangandi. Visente - ajoyib inson va eng muhimi, Madridga ideal darajada mos tushgan. CHunki klubdagi ishlarni adan yagacha yaxshi bilardi .

- Galaktikos futbolchilari bir-birlariga hasad qilishmasmidi?


- Yo'q, jamoada hasadga o'rin yo'q edi. Aks holda, bunchalik yaxshi o'ynay olmasdik. Men ayniqsa, Raul va Morentes bilan yaxshi chiqishardim. Ular haqiqiy brilliant. Yoki Yerroni olaylik. Men mudom unga baqirardim, negaki, to'p uzatishni paysalga solardi...

- Florentino Peresning ishlari qaysi payt orqaga ketgan?


- Biz mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini xorijda olib borsak, Florentino futbolning tijorat qismiga ko'proq etibor qaratardi. Hozirda hamma shunday yo'l tutadi, ammo o'sha payt bunday yondashuv jamoamizga yordam bermagandi.

- Zidanning murabbiylik faoliyatidan hayratlanayotgandirsiz...


- Ha, Zizu hozirning o'zida katta ishlarni amalga oshirib ulgurdi. Axir jamoani mavsum o'rtasida qabul qilib, u bilan CHLda g'olib chiqish oson emas. Xullas, Zayniddin o'z zimmasidagi vazifalarni alo darajada bajardi.

- Madrid jamoasidan ketish chog'i norozi bo'lganingiz rostmi?


- Barchasi o'tmishda qoldi, lekin tan olishim kerak, Real bilan boshqacha xayrlashishni istagandim. Jamoadan nega ketganimni yaxshi bilaman - o'ynamayotgandim. O'z navbatida, nega o'ynamaganim sababi ham ayon. Aslida shunchaki, zaxira o'rindig'ida o'tirib ham maoshimni olaverishim mumkin edi. Biroq maydonga tushib, hali yuqori saviyada o'ynay olishimni isbotlashni istardim. Umuman, men galaktikosga birinchi bo'lib qo'shilgandim va hammadan avval ketganim mantiqan to'g'ridir balki. Bu taqdir...

Football.ua - A. AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика