Luis Suares “Yuventus”ga o'tishi mumkin

31 avg 2020, 08:44
Suaresning taqdiri ham hamon so'roq ostida.

Ma'lumotlarga ko'ra, Luis Suaresning “Yuventus”da o'ynash istagi bor. Tomonlar allaqachon muzokaralar stoli atrofida ekanligi aytilmoqda. Avvalroq Suaresning “Barselona” bilan shartnomasini bekor qilishi mumkinligi, biroq futbolchi olayotgan katta maoshidan ayrilish istagida emasligi ham aytilgandi.

“Barselona” esa futbolchi transferidan oz bo'lsa ham pul ishlab olish niyatida. Shuning uchun klub uni 10 mln evro evaziga ham sotishga tayyor. “Yuventus” esa 33 yoshli futbolchi uchun katta mablag' sarflashni xohlamasa ham, 10 mln evrolik transferga qo'l urishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia