Luis Suares: "Neymarning qarorini hurmat qilish kerak"
03 sen 2023 12:28
Yangiliklar
Luis Suares: "Neymarning qarorini hurmat qilish kerak"
"Ular faoliyatining turli xil bosqichlarida. Leo futboldan dam olish uchun AQSHga ketdi. U erda Evropadagi kabi talablar yo'q. U to'g'ri qaror chiqardi deb o'ylayman. Biroq Leo nafaqat vaqt o'tkazish uchun, balki, jamoasiga ko'proq g'alabalar taqdim qilish uchun ham ketdi. Unda g'oliblik mentaliteti bor.
Neymar haqida gapiradigan bo'lsam, dunyoning 20-30 top futbolchilari Saudiya Arabistoniga yo'l olgani uning diqqatini tortdi. Balki bu jihat uni o'sha erlarga etakladi. PSJdagilarga esa u kerak bo'lmay qoldi. SHuningdek, moliyaviy shartlar ham bu erda o'z rolini o'ynab berdi. Umuman olganda bunday futbolchilarga pul unchalik ham muhim rol o'ynamaydi.
U barchasini o'ylab ko'rgan. Neymarning qarorini hurmat qilish kerak. O'z vaqtida uning "Barselona"dan ketishini ham hurmat qilganmiz. Ko'ramiz, u jarohatidan keyin qanday holatda bo'ladi, hali ham dunyoning eng zo'rlaridan biri ekanligini ko'rsata oladimi?", - dedi "Gremio" hujumchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar