Luis Enrike yirik mag'lubiyatdan so'ng: "PSJ bunga loyiq emasdi"
05 okt 2023 08:55
Yangiliklar
Luis Enrike yirik mag'lubiyatdan so'ng: "PSJ bunga loyiq emasdi"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Nyukasl"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:4) o'z fikrlarini bildirdi.
- Nima uchun 4-2-4 sxemasi tanlangandi?
- Men murabbiyman va qaror qabul qilaman. "Nyukasl" uchun ajoyib natija.
Biz bunday natijaga loyiq emasdik. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, ammo bo'sh zonalar kam bo'lganida, yanada yaxshiroq o'ynash kerak bo'ladi. Natija biz uchun yomon, ammo yo'limizda davom etishimiz kerak.
Maqsadimiz 1/8 finalga chiqish. Qiyin guruh, ammo haligacha 2-o'rinni egallab turibmiz. So'nggi o'yinlar qiziq bo'ladi. Biz yaxshi o'ynashimiz kerak", - dedi Enrike.
Fikrlar