Luis Enrike: "Ispaniya terma jamoasini boshqarish uchun Gvardioladan yaxshiroq murabbiy yo'q"
30 avg 2021 08:01
Yangiliklar
Luis Enrike: "Ispaniya terma jamoasini boshqarish uchun Gvardioladan yaxshiroq murabbiy yo'q"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "qizil furiya"da "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolani ko'rishni xohlashini aytdi.
Gvardiolaning o'zi yaqinda "Man Siti"dan ketganidan so'ng, o'z kuchini xalqaro futbolda sinab ko'rmoqchi ekanligini aytdi.
"Agar imkoniyat bo'lsa, keyingi qadam terma jamoa bo'ladi", - degan 50 yoshli katalon.
"Men Gvardiola Ispaniya terma jamoasini shug'ullantirishini xohlardim. Xursand bo'lardim, bu ideal bo'lar edi. Gvardiola boshchiligidagi milliy jamoamizni ko'rishni istardim. Ispaniya terma jamoasi uchun boshqa undan yaxshiroq murabbiy bor deb o'ylamayman", - deydi Enrike.
Fikrlar