

"Ajoyib jamoamiz qiyin guruhda birinchi o'rinni egallab, keyingi bosqichga chiqdi.
Futbolchilarni tabriklayman, chunki biz guruh yetakchilari ekanligimizni barcha uchrashuvlarda isbotladik.
O'z saviyamizni ko'rsatdik. Bu uchrashuv "Manchester Siti"ga qarshi bahsga o'xshab ketdi. "Seltik" bizga pressing uyushtirmoqchi bo'ldi, ammo to'pni o'zimizda saqlab qola oldik.
Hech qanday muammo bo'lmadi, o'yin oson o'tdi. Messi o'z saviyasida o'ynadi.
Pike va Albani o'zgartirish? Ular yaqinda jarohatdan qaytishdi. Ularni keyingi bahsga asradim.
Neymar? U muvaffaqiyatli o'ynadi. Muxlislar Neymarga xushtak chalishdi? Bu bor-yo'g'i 5-10 daqiqa davom etdi" - deydi Enrike.



