Lui van Galga transfer uchun istalgancha mablag' ajratiladi
23 iyu 2014 23:12
Yangiliklar
Lui van Galga transfer uchun istalgancha mablag' ajratiladi
"Manchester Yunayted" klubi vice-prezidenti Ed Vudvordning takidlashicha, Lui van Gal transfer uchun istalgan miqdordagi pul mablag'ini ishlatishi mumkin ekan.
"Biz juda katta pul mablag'ini ishlatishdan qo'rqmaymiz. Asosiysi, top darajadagi futbolchini sotib olishimiz zarur. Oldin ham aytgan gapimda turaman. Bizda transfer uchun byudjet yo'q. Jamoamizning moliyaviy holati juda yaxshi va biz juda katta transferlarga ham qo'l ura olamiz. Lekin bu degani pulni ko'chaga sovuramiz degani emas. Hal qiluvchi qarorni Lui van Gal qabul qiladi. Lui o'zi istagan futbolchilarni sotib oladi. Men uning ishiga aralashmayman", - deb aytib o'tdi Ed Vudvord.
Fikrlar