So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Lui van Gal: "MYUda 3 yillik rejamni to'liq amalga oshirolmaganimdan afsusdaman" Yangiliklar

Lui van Gal: "MYUda 3 yillik rejamni to'liq amalga oshirolmaganimdan afsusdaman"

"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal istefoga chiqarilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Men uchun "Manchester Yunayted"dek jamoani boshqarish katta faxr bo'ldi. Bu erda ikki yil ishlab o'zimning azaldagi istagimni ruyobga chiqardim. Men jamoaga Angliya kubogini olib berganimdan faxrlanaman. Murabbiylik faoliyatim davomida 20 ta sovrinni qo'lga kiritishga erishganman. Ammo Angliya kubogi ular ichida o'zgacha bo'lib qoladi. Manchesterda 3 yillik rejamni to'liq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lmaganimdan afsusdaman. Lekin ishontirib aytamanki, jamoa kelajagi uchun amalga oshirgan ishlarim endi mevasini bera boshlaydi. "Manchester Yunayted" yaqin orada muvaffaqiyatga erishadi. CHunki jamoa uzagini tashkil etganman.

Germaniya, Ispaniya, Gollandiyada ishlaganimda har doim Angliyada ham faoliyat yuritib, bu erning madaniyati bilan ham tanishishni xohlardim. Bu narsaga erishdim. Taassurotlar ajoyib. Qo'l ostimdagi barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ularga kelasi mavsumda omad va zafarlar tilab qolaman. Bu futbolchilar bilan ishlash yoqimli bo'ldi. Yana bir yoqimli tomoni shundaki, bir qator yosh istedodlarga o'ynash imkoniyatini taqdim etdim. Yoshlar esa o'zlarini yaxshi taraflama ko'rsata olishdi. "Manchester Yunayted"dagi yoshlarning keyingi faoliyatlarini ham kuzatib boraman.

"Manchester Yunayted" klubi xo'jayinlariga menga bildirilgan ishonch uchun rahmat aytaman. "Yunayted" muxlislariga alohida tashakkurlarim bor. Ular shubhasiz jahondagi eng yaxshi ishqibozlar.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика